Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hayit munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam bo‘ladi
Haftasiga necha kun ishlashidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun 27–31 may dam olish kunlari bo‘ladi.
2026 yilda Qurbon hayiti 27 may, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda.
Demak, 2025 yil 24 dekabr kuni imzolangan prezident farmonida belgilangan sanalardan kelib chiqilsa, 27 maydan boshlab barcha xodimlar 5 kun dam olishadi.
Farmon bilan, 28–29 may (payshanba–juma) kunlari barcha uchun qo‘shimcha dam olish kunlari, 30 may, shanba kuni esa 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni deb belgilangan.
Natijada oy oxirida ish haftasi turidan qat’i nazar hamma ketma-ket 5 kun dam oladi:
- 27 may, chorshanba – Qurbon hayiti;
- 28 may, payshanba – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
- 29 may, juma – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
- 30 may, shanba – haftada 6 kun ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, haftada 5 kun ishlaydiganlar uchun odatiy dam olish kuni;
- 31 may, yakshanba – barcha uchun odatiy dam olish kuni.
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning hisoblashicha, 2026 yil may oyida haftasiga 5 kun ishlaydiganlar 14 kun, haftasiga 6 kun ishlaydiganlar esa 10 kun dam oladi.
“Bu – so‘nggi yillardagi eng ko‘p dam olish kunlaridan iborat bo‘lgan oy. Yaqin yillarda bunaqasi bo‘lganini eslolmayman”, – deydi u.
Mavzuga oid
06:00 / 27.05.2026
Kun.uz tahririyati barcha hamyurtlarimizni ulug‘ ayyom - Qurbon hayiti bilan samimiy tabriklaydi!
20:11 / 26.05.2026
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi
11:04 / 26.05.2026
Qurbon hayiti va dam olish kunlarida qaysi tibbiyot muassasalari ishlaydi?
22:48 / 25.05.2026