07:04 / 14.12.2017
5521

Yamanda husiylar tomondan ushlab turilgan jurnalistlar qo‘yib yuborildi

Foto: AFP 2017

Yamanda husiylar bir hafta oldin garovga olgan “Al Yaman al-Yaum” telekanalining 40 xodimi va Sputnik nashri muxbirini ozod qildilar.

Isyonchilar 2 dekabrda Yaman poytaxti Sanodagi, Yemen Today kanali ofisi joylashgan telemarkaz binosiga bostirib kirib, u yerdagi xodimlarni qo‘lga olishgan. Sputnik muxbiri aynan shu kanal bilan hamkorlik qilgan. Jurnalistlar qo‘lga olinishlariga norozilik sifatida ochlik e'lon qilishgandi.

“13 dekabr kechki payt men va Yemen Today telekanalining 40 xodimi 12 kundan keyin qo‘yib yuborildik”, deb aytgan Sputnik muxbiri.

Sanoda 2 dekabrda husiylar va Yamanning sobiq prezidenti Ali Abdulloh Saloh tarafdorlari o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlangan. Saloh husiylarga qarshi bosh ko‘tarish, Sanoni ular qo‘lidan qaytarib olish va Yamanning tan olingan hukumati bilan sulh tuzishga chaqirgan. Biroq Salohning o‘zi 4 dekabrda yo‘lda pistirma uyushtirgan jangarilar tomondan o‘ldirilgan. U Yaman rahbari lavozimini 1994 yildan 2011 yilgacha egallagan.

Mavzuga oid
Top