Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda xususiy shifoxona va farmatsevtika korxonalari ko‘payadi
Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov xususiy tibbiyot muassasalarini bunyod etish bo‘yicha tadbirkorlarga mahalliy televideniye orqali murojaat qildi.
"Xalqqa xizmat qiladigan xususiy tibbiyot muassasalari va dori ishlab chiqaruvchi korxonalar qurishga bel bog‘lagan tadbirkorlarga har tomonlama yordam berishga tayyormiz" dedi viloyat hokimi, televideniye va Kun.uz nashriga bergan intervyusida.
Murojaatdan so‘ng viloyat hokimligiga ikki kun davomida 44 nafar tadbirkor murojaat qildi.



Ayni paytda Andijonda 360dan ziyod xususiy tibbiyot muassasalari faoliyat yuritib kelmoqda. “Bu raqamlar 3 milliondan ziyod aholi yashovchi viloyat uchun kamlik qiladi. Zamon talabidagi barcha qulayliklarga ega ko‘plab xususiy tibbiyot shifoxonalari ishga tushirilsa, tibbiy xizmat sifatini oshirsak, xalqimiz sog‘ligini mustahkamlash masalasida katta ishlar amalga oshirilgan bo‘ladi” deydi Shuhratbek Abdurahmonov.



Viloyatda 19 turli dori-darmon va tibbiyot anjomlari ishlab chiqaruvchi korxonalar ishlab turibdi. Shu yilning o‘zida ushbu yo‘nalishdagi yangi korxonalardan 11 tasi faoliyatini boshladi.
Bugun Andijon shahrida import dori vositalarini o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaradigan “Makro farm Andijon” jamiyati qoshidagi korxonaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Korxona zamonaviy ko‘rinishda bunyod etilgan binoga ega. Ishlab chiqarish muassasasida 50 nafar yangi ish o‘rinlari yaratilib, ishlab chiqarilayotgan dori vositalari 11 xil turdagi kasalliklarga malham bo‘ladi. Jamiyat qoshida ishlab chiqarilgan mahsulotlar va tibbiyot anjomlari bilan savdo qiluvchi shoxobcha ham ish boshladi.



Bundan tashqari, viloyat perenital Markazi hamda Respublika endokrinologiya Markazi viloyat filialining qayta rekonstruksiya qilingan binolari ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Muallif olgan suratlar
Mavzuga oid
18:00 / 13.07.2026
Dorixonalarda referent narxlarga qanchalik amal qilinyapti?
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
10:00 / 01.07.2026