Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘aroyib video: Ko‘rinmas odam ertaklardan hayotga ko‘chmoqdami?
Kuni kecha Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida g‘aroyib video tarqaldi. Undagi voqealar aqlingizni shoshirib qo‘yadi. Ajoyib yam-yashil manzarali fonda kutilmaganda erkak kishi paydo bo‘ladi. Uning qo‘lida ko‘zga ko‘rinmas yopinchiqqa o‘xshash material! U o‘zini material bilan to‘sib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi, uni yig‘ganda esa, yana paydo bo‘ladi.
Erkakning so‘zlariga ko‘ra, bu "shaffof materialdan tayyorlangan kvant mato bo‘lib, u inson atrofidagi yorug‘lik to‘lqinini aks ettira oladi".
Ushbu video internetda katta muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mo‘'jizaviy mato haqidagi axborot Xitoyning barcha yangiliklar kanallarida aylanmoqda. Shuningdek, Jamoatchilik xavfsizligi vazirligida ham unga qiziqib qolishdi, ularning fikricha, bunday yopinchiq razvedkada foyda berishi mumkin.
Bu ilm-fan mo‘'jizasimi yoki shunchaki feyk video - hozircha bu savolga aniq javob yo‘q.
Mavzuga oid
12:28 / 05.02.2026
Foto va videoqayd orqali aniqlanadigan huquqbuzarliklar ro‘yxati belgilandi
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026