Putin «hammaga tupurgan» Saakashvili haqida gapirdi va amerikalik jurnalistga «tashlandi»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Gruziya sobiq prezidenti va Odessa oblasti sobiq gubernatori Mixail Saakashvilining xatti-harakatlarini «ukrain va gruzin xalqining yuziga tupurish» deb atadi.
«U mustaqil Gruziya davlati prezidenti edi, endi maydonlarda chopib yuribdi hamda «Men ukrainalikman!» deb baqirmoqda. Sizlarda nima, aqli joyida ukrainaliklar yo‘qmi?», - degan Putin.
Shuningdek Rossiya rahbari AQShdan bo‘lgan jurnalist ayolning savoliga juda keskin javob qaytardi. Amerikalik jurnalist Rossiya Koreya yarim orolidagi vaziyatga yechim topishda vositachi bo‘lishi mumkinligi bilan qiziqqan.
«Siz shunga hech e'tibor berganmisiz, sizlarning senator va kongressmenlaringiz juda chiroyli tashqi ko‘rinishga ega, kostyumlar, aqlli odamlardek tasavvur uyg‘otadi. Ular bizni Shimoliy Koreya hamda Eron bilan bir qatorga qo‘shib qo‘yishdi hamda endi KXDR va Eron yadro dasturi bilan bog‘liq muammolarga yechim topishda yordam so‘rashmoqda. Sizlarning es-hushingiz o‘zi joyidami?», - deya aytib o‘tdi Putin.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya KXDRning yadroviy maqomini tan olmaydi hamda unda yuz berayotgan barcha narsani aksilsamarali deb hisoblaydi. Biroq, Putinning so‘zlariga ko‘ra, AQShning o‘zi Shimoliy Koreyani fitnalarga undagan. Uning eslatishicha, 2005 yilda KXDR o‘ziga ma'lum bir majburiyatlarni oldi, AQShga esa oradan bir necha oy o‘tib «bu kam bo‘lib» ko‘rindi hamda ular Shimoliy Koreya bu kelishuvlardan tashqari ham yana nimadir qilishini lozimligini aytishdi.
«Shimoliy Koreya bularning bariga tupurdi hamda o‘zining yadroviy dasturini rivojlantira boshladi. Sizlar buni nega qildingiz?», - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan u.
Biroq, Putin AQSh davlat kotibi Reks Tillersonning muzokaralar stoliga o‘tirishga tayyorlik bo‘yicha bayonotini konstruktiv, deb atadi. Rossiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, agarda muloqot konstruktiv ruhda kechsa, Rossiya muzokaralarda vositachi bo‘lishga tayyor.
Mavzuga oid
20:43 / 13.11.2024
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi
22:15 / 12.11.2024
OAV: Putin Trampning inauguratsiyasigacha Kurskni qaytarishni buyurdi
13:11 / 12.11.2024
Siyosatshunos Gallyamov: Tramp Putin uchun tuzoq qo‘ymoqda
09:58 / 12.11.2024