Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya va Livan o‘rtasida 5 yildan beri ishlamayotgan chegara punkti qayta ochildi
2012 yilda ishlashi to‘xtatilgan, Suriya va Livan chegarasidagi “Juvaysiya” nazorat-o‘tkazish punkti 14 dekabrda rasman qayta ochildi. Bu haqda Al-Manar telekanali xabar bermoqda.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, chegara punktining ochilishi marosimida Suriya ichki ishlar vaziri Muhammad Ibrohim ash-Sha'r hamda Livan maxsus xizmati boshlig‘i Abbos Ibrohim ishtirok etganlar.
Suriya vaziri chegara punktining ochilishi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashiga ishonch bildirgan. U, shuningdek, nazorat-o‘tkazish punkti 15 dekabr ertalabdan ishchi tartibda faoliyat yurita boshlashini qo‘shimcha qilgan.
Mavzuga oid
10:10
AQSh Iroq–Suriya neft quvurini qayta tiklashni rejalashtirmoqda
10:12 / 11.07.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida raqamli bojxona nazorati joriy etiladi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
14:26 / 05.07.2026