Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbulda haydovchisiz metro liniyasi ishga tushirilmoqda
Turkiyaning Istanbul shahrida 15 dekabrda dunyodagi ilk to‘liq avtomatlashtirilgan liniya ochiladi. Bu haqda Hurriyet Daily News nashri xabar bermoqda.
15 dekabrda 20 kilometrlik liniyaning yarmi ochiladi, qolgani esa 2018 yil iyunda ishga tushiriladi.
“Uskyudar-Sanjaktepe” metro liniyasining birinchi bosqichini Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ochib beradi.
Liniya ikkita yirik transport liniyasi – yer usti Metrobus yo‘li va Marmaray metrosi bilan bog‘lanadi.
Liniya hammasi bo‘lib 16 ta stansiyadan iborat bo‘ladi va to‘liq quvvat bilan ishlaganda kuniga 700 mingga yaqin yo‘lovchini tashiy oladi.
Mavzuga oid
09:16
Metroning yerusti yo‘nalishlarida poyezdlar tezligi pasaytirildi
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
16:30 / 10.06.2026
“Chinor” metro bekati 50 kunga yopiladi
18:08 / 09.06.2026