Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda kuchli tuman, qator aviareyslar kechiktirildi
Toshkent shahrida kuzatilayotgan kuchli tuman poytaxt aeroportidagi qator aviareyslarning kechiktirilishiga sabab bo‘ldi. Bu holat bo‘yicha «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK rasmiy saytidagi onlayn-tablo ma'lumotlari darak bermoqda.
Xususan, 16 dekabr kuni soat 9:20dagi ma'lumotlarga ko‘ra, Olmaota (HY 764), Urumchi (HY 508), Moskva (HY 602), Istanbul (HY 274), Sankt-Peterburg (HY 632), Rigadan (HY 104) uchib kelishi lozim bo‘lgan samolyotlarning qo‘nishi kechiktirilgan.
Bundan tashqari, Moskva (HY 603) hamda Amritsar/Dehli (HY 425) reysiga chiqish ham kechiktirilmoqda. Sharja (HY 331) va Bangkokka (HY 533) bo‘lgan reyslarga esa yo‘lovchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish davom etmoqda.
Ichki yo‘nalishlarda esa Farg‘ona (HY 86), Navoiy (HY 24), Urganch (HY 56), Navoiy (HY 38), Samarqanddan (HY 44) bo‘lgan samolyotlarning qo‘nishi kechiktirildi. Urganch (HY 51), Qarshi (HY 79), Buxoro (HY 21) reysiga chiqish kechiktirilmoqda.
Qayd etilishicha, bunga ko‘rish masofasi pastligi sabab bo‘lgan – qariyb 50 metr.
Mavzuga oid
18:15 / 12.05.2026
Toshkentda ko‘cha bo‘yidagi drenaj ariqchasi beton bilan to‘ldirib tashlandi
08:12 / 12.05.2026
Osiyoda yangi megaaeroport quriladi
18:41 / 11.05.2026
Toshkentda gaz ta’minoti bo‘limi xodimi 21 ming dollar bilan ushlandi
09:00 / 10.05.2026