“Tozalash-Antiterror”: Toshkentda bir oy ichida nimalar qilindi?
Poytaxt hududida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish borasida, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan joriy yilning 20 noyabr kunidan bugungi kunga qadar “Tozalash-Antiterror” kompleks tadbiri amalga oshirib kelinmoqda.
Toshkent shahar IIBB axborot xizmatining xabar berishicha, joriy yilning 20 noyabr kunidan 14 dekabr kuniga qadar Toshkent shahri hududida o‘tkazilgan «Tozalash-Antiterror» tadbiri doirasida quyidagi qonun buzilish holatlari aniqlandi. Jumladan:
- Jami ochilgan jinoyatlar 461 tani tashkil etib, shundan 382 ta jinoyat issiq izidan fosh etilgan;
- Toshkent shahar IIBB tomonidan qidiruvda bo‘lgan 140 nafar shaxs, shuningdek, boshqa viloyatlar IIB tomonidan qidiruv e'lon qilingan 12 nafar shaxs ushlandi;
- Toshkent shahrida fohishalik bilan shug‘ullanuvchi jami 191 nafar ayolga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 190-moddasiga asosan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shundan 180 nafar ayol boshqa viloyatlardan Toshkent shahriga kelib, fohishalik bilan shug‘ullanib kelganliklari aniqlangan;
- Respublikaning Qashqadaryo, Navoiy, Andijon, Toshkent viloyatlari IIB Jazoni ijro etish bo‘limlari hisobida turgan jami 11 nafar mahkum hozirgi vaqtda o‘z manzillarida yashamasdan, Toshkent shahrida yurganliklari aniqlanib, Toshkent shahar IIBB Reabilitatsiya markaziga olib borilgan;
- 22.756 nafar shaxsga nisbatan pasport-viza tartibotini buzganliklari uchun ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan 159 nafar shaxs muqaddam sudlanganlar hisoblanadi;
- “Nazorat” tadbiri davomida 250 nafar ma'muriy nazorat ta'siriga tushuvchi shaxsga nisbatan ma'muriy nazorat o‘rnatildi;
- shuningdek, yong‘in xavfsizligi hamda sanitariya qoidalariga rioya qilinishi borasida 1264 ta korxona va tashkilotlar, 25.760 ta aholi turar shaxsiy xonadonlari, 1964 ta ko‘p qavatli uylar va ulardagi xonadonlar yong‘in-texnik tekshiruvidan o‘tkazilgan bo‘lib, natijada 930 ta holatda mazkur qoidalarga rioya qilinmaganligi aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
- 116 nafar spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxs aniqlanib, ularning barchasi majburiy davolanish uchun tibbiy muassasaga joylashtirilgan;
- 157 nafar tajovuzkor ruhiy kasal shaxs majburiy tibbiy davolanishga yotqizilgan;
- 31 nafar axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan mahkum jazo o‘tashdan bo‘yin tovlaganliklari sababli tuman sudlariga taqdimnomalar kiritilib, ularning barchasi tuman sudi ajrimiga asosan jazoni ijro etish muassasasiga yuborildi;
- 25 ta fohishaxona saqlash va qo‘shmachilik qilish holati aniqlandi;
- 2 ta holatda qurol va o‘q-dorilarni qonunga xilof ravishda egalik qilish aniqlandi.
Qayd etilishicha, hozirda bu boradagi ishlar faol davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
09:10 / 15.11.2024
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024