Sönggi vaqtlarda nafaqat xorij ölkalarida, balki Özbekistonda ham özini osib qöygani, yoqib yuborgani xususida xabarlar elas-elas quloğimizga çalinmoqda. Xususan, Xorazm viloyatida, Qoraqalpoğiston Respublikasida, Farğona vodiysida şunday holatlar qayd etildi. Özjoniga qasd qilganlarning ayrimlari tirik qolgan bölsa, boşqalari Alloh bergan uluğ ne'matlardan biri tiriklikdan öz qöllari bilan mahrum bölişdi.
Özbekiston Musulmonlari idorasi Masjidlar bölimi xodimi Işoqjon Begmatov tomonidan yozilgan quyidagi maqolada jamiyatdagi öz joniga qasd qilişdek muammoning bir qança sabablari va ularning yeçimiga doir fikrlar keltirilgan.
Sabablar:
- dinsizlik;
- ma'rifatsizlik;
- töqçilik;
- yöqçilik;
- şahvoniy, nafsoniy sevgi;
- öz joniga qasd qilişni muammoning yeçimi sifatida köriş;
- ölimning haqiqati, qabr azobi, oxirat, qayta tiriliş, qiyomat va dözaxdagi azob-uqubatlardan bexabarlik;
- ruhiy xastalik.
1. Dinsizlik. Inson mutlaqo dinsiz bölişi ham mumkin yoki özini dindor hisoblasa-da, aslida dinning mohiyatini tuşunmasligi ham mumkin. Çunki dindorlik nafaqat öz joniga qasd qiliş, balki boşqaning joniga qasd qiliş, hattoki oddiy hayvonlarning joniga ham noörin qasd qilişni man etadi. Ya'ni ularni besabab öldirişni qattiq qoralaydi va bunday jinoyatlarni qilganlarga alohida jazolar belgilaydi. Qolaversa, din insonni yumşoq köngilli, mehribon, rahmdil, şafqatli, kamtar, hokisor va beozor qilib qöyadi. Şuning uçun ham haqiqiy dindor jinoyat sodir etmaydi. Aksinça, ayrim dinsizlar öz joniga qasd qilişni oddiy ermak yoki jasorat deb öylaydi. Keyingi paytlarda internet sahifalarida paydo bölgan “Kök kit” degan öyin aynan şuning dalilidir. Birgina şu öyin sababli dunyoda qançadan-qança yoşlar öz joniga qasd qildi. Afsuski, bizning yurtimizda ham mazkur öyin domiga tuşib öz joniga qasd qilganlar yöq emas.
2. Ma'rifatsizlik. Inson zotining eng katta muammosi johillikdir. Çunki dindor ma'rifatsiz bölsa uning dindorligi foyda bermaydi. Zotan, özining dini töğrisida savodsiz bölişi, uning nodon ekaniga kifoya qiladi. Nodon esa har qanday jinoyatni qilişdan xijolat bölmaydi. Negaki, u jinoyat qilişiga uning nodonligi kifoyadir. Şuning uçun ham farzandni bolaligidanoq nafaqat dunyoviy, balki diniy ilmlarning ham bilimdoni qilib tarbiyalaş kerak. Çunki Robbisini tanigan banda osiylik qilmaydi. Buning uçun esa bandalarning qalbiga Allohning muhabbati jo bölişining harakatini qiliş kerak. Mazkur tuyğuni, muhabbatni esa ruhiy tarbiyani yaxşi yölga qöyiş bilangina hosil qiliş mumkin.
Mavzuga oid
Şuning uçun ham odob-axloqqa oid ma'lumotlarni köproq tarqatiş, yoşlar ongiga singdiriş kerak. Eng asosiysi, mazkur vazifani öz işining ustasi bölmiş haqiqiy mutaxassislarga topşiriş kerak. Toki gapi bilan qiladigan işi bir xil bölsin, tirik namuna böla olsin. Aks holda kutilgan natijaga erişiş emas, balki mutlaqo teskari natija berişi mumkin. Hozirgi yoşlar anoyi emas, ular tezda haqiqiy murabbiy, muallim va ustozni soxtasidan ajrata biladilar. Şuning uçun ham eski uslublar, siyqasi çiqib ketgan qöllanma-yu, keçagina “Xudo yöq, din – afyundir” deb, bugun esa özini odobli va ilmli qilib körsatişga urinayotgan soxtakorlardan qutuliş kerak. Şu çoqqaça yoşlar aldab kelindi, natijada ular heç kimga işonmay qöydi. Hali ham keç emas, vaqt borida yangiça öylaş va yangiça işlaşga ötiş kerak.
3. Töqçilik. Şohona hayot, tökin-soçinlik – Alloh taoloning buyuk ne'matlari. Lekin mazkur narsalarning ne'mat ekanini his qiliş va uning qadrini biliş alohida bir ilmdir. Mazkur ilmni balandparvoz gaplar, ertagu dostonlar aytiş bilan hosil qilinmaydi. Balki har bir ilmning boşi va asl manbai Qur'oni karim va sunnati Nabaviy ekanini unutmasligimiz kerak.
Alloh taolo: “Sizlarning mol-mulklaringiz va farzandlaringiz faqat bir sinovdir. Uluğ mukofot esa Allohning huzuridadir”, deydi.
Uşbu oyati karimada mol-mulk va farzandlarga nisbatan qanday munosabatda bölişimiz aniq körsatib berilgan. Demak, ularning barçasi bizga sinov uçun berilgan ekan. Asl va uluğ mukofot esa Allohning huzuridadir. Mazkur haqiqatni bilgan inson molu dunyo uçun jonidan voz keçmaydi. Aksinça, molu dunyo va boşqa narsalar insonning hayotini saqlaş uçun beminnat xizmat qiluvçi vositalar ekanini biladi. Qolaversa, dunyoning barça matohlari inson qölidagi bir omonat. Şunday ekan, omonat qaçondir öz egasiga qaytadi. Ana şunday paytda ayriliqqa çiday olmasdan öz joniga qasd qilayotganlar Alloh taolo bergan omonatga xiyonat qilgan böladi.
Jundub ibn Sufyon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Rasululloh sollalohu alayhi vasallam aytadilar: “Sizlardan oldingi ummatdan bölgan bir kişining badaniga toşma toşgan edi. Toşma unga ozor beravergaç kamon öqini qinidan olib, yarani tirnay boşladi. Undan çiqqan qon töxtamay oqibatda u kişi öldi. Şunda Alloh taolo: “Bandam şoşib özini öldirdi. Şuning uçun jannatni unga harom qildim”, dedi (Imom Buxoriy rivoyati).
Demak, mol aççiği jon aççiği deb, arzimas mol-dunyo uçun öz joniga qasd qilganlar bilib qöysinlarki buning oqibati öta ayançli ekan. Zotan, bunday insonga jannatning harom qilinişi uning mutloq badbaxt ekaniga kifoya qiladi.
4. Yöqçilik. Anas ibni Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Faqirlik, kufrga yaqindir”, dedilar”.
Ayniy “Umdatul qori” da “Buning sababi – kambağallik öz sohibini dindorlarga va muruvvatli insonlarga loyiq bölmagan işlarga olib boradi, natijada harom işlarni qiladi, goho kufr sözlarni ham gapirib yuborişi mumkin”, degan.
Imom Ğazzoliy: “Kufrga tuşişga yaqin inson faqirdir. Çunki faqirlik öz egasini boylarga nisbatan hasad qilişga olib boradi, hasad esa barça yaxşiliklarni yeb bitiradi”, degan. Demak, faqir inson öta taqvoli, ilmli bölmasa yöqçilikka çiday olmasdan taqdirga ham qarşi çiqişi va Allohning taqsimotiga ham e'tiroz bildirişi mumkin ekan. Bu esa kufrdir. Şuning uçun ham Nabiy salallohu alayhi vasallam “Allohim Seni noming ila kufrdan va faqirlikdan panoh tilayman” (Abu Dovud va Ahmad rivoyati), deb duo qilgan bölsalar ajab emas.
Lekin faqirlik har doim ham yomonlikka olib boravermaydi. Zotan, köpgina payğambarlar va uluğ zotlar faqirona hayotni tanlagan va bundan heç afsuslanmagan. Balki faqirlikni ijobiy tomonlari bor ekanini bayon etganlar. Yöqçilik dinsiz, ilmsiz, ma'rifatsiz va taqvosi yöq inson uçun haqiqiy musibat va eng katta kulfat böladi. Şuning uçun ham ana şunday nodonlar mazkur qiyinçiliklardan qutuliş yölini axtaradi va özlariça joniga qasd qilişni eng oson çora deb biladi. Haqiqiy mömin esa har qanday holatda ham yolğizgina Allohga suyanadi, unga tavakkul qiladi va albatta qiyinçilikdan çiqişni biror yölini topadi. Çunki dinimizda bunday körsatmalar juda ham köp.
5. Şahvoniy, nafsoniy sevgi. Bunday muhabbatga giriftor bölganlar heç narsadan qaytmaydi. Nima qilib qilib bölsa ham öz sevgilisi visoliga yetsa böldi. Hattoki, oq sut berib boqqan volidasi, yelkasiga mindirib ot bölib kişnagan otasi, bir qorindan talaşib tuşgan aka-ukayu opa-singillari ham köziga körinmaydi. Har qança pandu nasihat qilinsa ham quloğiga kirmaydi, çunki Payğambarimiz salallohu alayhi vasallam: “Bir narsani yaxşi körmoğing, közingni kör, quloğingni kar qiladi”, deganlar.
Hofiz Zayniddin al-Iroqiy: “Mahbubini ayblarini körmaydi yoki mahbubidan boşqa heç narsani körmaydi”, deganlar. Ba'zi ulamolar mazkur hadisni havo va nafsga ergaşişning yomonligi bobida keltiradilar. Demak, kim havo va nafsga ergaşsa heç kimning nasihatini olmaydi va mahbubining ayblarini ham körmaydi. Agar maqsadiga erişa olmasa, alaloqibat öz joniga qasd qiladi.
6. Ölimni muammolar yeçimi sifatida köriş. Inson borki taşviş bor. Taşvişning katta-kiçikligi aslida kişining imon va e'tiqodiga qarab böladi. Bu haqiqatni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hazrati Ali roziyallohu anhuga aytgan gaplarida körişimiz mumkin: «Kimki, Alloh va Uning Rasuliga muhabbat qöyadigan bölsa, endi tayyorgarligini köraversin. Unga şunday muhtojliklar yetadiki, xuddi sel yoqqanida yuzi qanday höl bölib ketsa, şunday kambağalliklar yetadi. Kimki, Alloh va Uning Rasuliga muhabbat qöyadigan bölsa, tayyorgarligini köraversin. Unga şunday balolar keladiki, öşa balolarga u qalqon bölib turib berişiga töğri keladi».
Lekin imoni zaiflar uçun biror sinov kelsa ham osmonu falakni boşiga kötarib ayyuhannos soladi, dod-faryod qiladi. Öşa muammodan qutulişni har qanday yölini qiladi. Mabodo özi közlaganidek natijaga erişa olmasa öz joniga qasd qiladi. Eng açinarlisi, öz joniga qasd qilişni barça taşvişlardan qutilişning yagona yöli deb bilişidadir. Vaholanki, bu uslub yeçim emas, balki eng buyuk azob-uqubatning boşlanişidir. Aslida esa barça muammolarning yeçimi quyidagi oyati karimada öz ifodasini topgan: Kimki Allohga taqvo qilsa, U unga (taşvişlardan) çiqiş yölini (paydo) qilur.
7. Ölimning haqiqati, qabr azobi, oxirat, qayta tiriliş, qiyomatva dözaxdagi azob-uqubatlardan bexabarlik. Ölim – öz nomi ila ölim. Uning haqiqatini bilamizmi? Unga tayyormizmi? Undan keyingi hayot va uning qanday ekani töğrisida biror ma'lumotga egamizmi? Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Lazzatlarni parçalovçi ölimni köp yodga olinglar”, deganlar. Boşqa bir hadisi şarifda esa: “Qabrlarni ziyorat qilinglar! Çunki u sizlarga oxiratni eslatadi”, deganlar.
Hazrati Usmon roziyallohu anhuning huzurida qabr azobi töğrisida gapirilsa duv-duv yiğlar ekanlar. U kişidan nima uçun qiyomat yoki jahannam azobi haqida gapirilganda yiğlamaysiz-u, aynan qabr azobi töğrisida gapirilganda yiğlaysiz? deb söralganda şunday javob bergan ekanlar: “Çunki qiyomatda va jahannamda ham yon atrofda odamlar böladi. Lekin qabrda esa bir özi qoladi. Ana şunday yolğizlikdan qörqaman”,
Hazrati Umar roziyallohu anhu: “Ölim paytidagi azob göyoki bir serbutoq bölgan şox şabbani insonning oğzidan tiqib orqasidan suğurib olgandagidek böladi”, deganlar. Yana ba'zilar “göyoki tirik hayvonni terisini şilib olişdagidek azob böladi”, degan ekanlar.
Ölim töğrisidagi ma'lumotlarni yaxşilab örgangan kişi heç qaçon uni yengil sanamaydi. Şuning uçun ham nafaqat özini öldiriş, birovni ham öldirişga jur'at qilmaydi. Çunki mazkur gunohni sodir etganlarga nisbatan bundan-da ayançliroq, alamliroq azoblar borligi quyidagi oyati karimada keltirilgan: “Kimda-kim qasddan bir möminni öldirsa, uning jazosi jahannamda abadiy qolişdir. Yana unga Alloh ğazab qilgay, la'natlagay va unga ulkan azobni tayyorlab qöygay”.
Aqoidga köra, gunohi kabira qilgan mömin kofir bölmaydi. Lekin taqiqlangan gunoh işni halol deb e'tiqod qilsa yoki farzlardan birini inkor etsa kofir bölib qoladi. Oyatda nohaq qatl qilişni halol degan e'tiqodda qotillik qilgan kişi töğrisidagi hukm bayon etilmoqda. Ba'zilar öziça “demak möminni öldiriş şunçalik katta gunoh ekan boşqalarni emas”, deb öylaşlari mumkin. Bu fikr qançalik notöğri ekanligini esa quyida örganib çiqamiz.
Hadisi şarifda: “Qiyomat kuni birinçi savol nohaq tökilgan qon töğrisida bölur”. Bu yerdagi qon tökiş umumiydir. Quyida esa aynan ğayridinning qonini tökiş töğrisidagi ma'lumot keltirilgan.
Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim ahdnomasi bor (ğayridin) bir kişini öldirsa, jannatning hidini ham hidlamaydi. Albatta uning hidi, qirq yillik masofadan sezilib turadi”, dedilar” (Buxoriy, Termiziy rivoyati).
Yuqoridagi ma'lumotlar boşqaning qonini tökiş haqida kelgan ma'lumotlar edi. Quyida esa kişi öz joniga qasd qilişi qançalik katta gunoh ekanligi töğrisidagi ma'lumot bilan tanişamiz.
Alloh taolo Qur'oni karimda: “Şuningdek, özlaringizni (bir-biringizni nohaq) öldirmangiz! Albatta, Alloh sizlarga rahm-şafqatlidir”, deydi.
Uşbu oyati karimadagi “Öz joningizga özingiz qasd qilmangiz”, deyişdan murod, hayot qiyinçiliklariga bardoş berolmay yoki biror narsaning alamiga çidayolmay kişi özini-özi öldirmasligi taqiqlanmoqda.
Payğambarimiz alayhissalomdan vorid bölgan hadislarda öz joniga qasd qilişning ayançli oqibatlari aniq bayon etiladi. Sobit ibn Zahhokdan rivoyat qilingan hadisda Payğambarimiz sollalohu alayhi vasallam şunday deganlar: “Kim bu dunyoda özini biror narsa bilan öldirsa, qiyomatda ham unga öşa narsa bilan azob beriladi” (Imom Buxoriy rivoyati).
Öz joniga qasd qilişning oğir gunoh ekani, unga tayinlangan jazodan ham ma'lumdir. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar:“Kim zahar içib özini öldirsa qiyomat kunida öşa zahari qölida, uni içgan holda jahannam olovida abadiy qoladi. Kim özini temir parçasi bilan öldirsa, öşa temir parçasini qorniga suqqan holida jahannam ötida abadiy qoladi. Kim toğ tepasidan taşlab, özini-özi öldirsa, jahannamda ham şu xil azobga giriftor böladi. Özini biror narsaga urib öldirgan kimsa, dözaxga özini urib azoblaydi. Özini özi böğib öldirgan kimsa, jahannamda ham özini böğib azoblaydi” (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).
8. Ruhiy xastalik. Ruhiy xastalik sababli öz joniga qasd qilganlar yuqoridaötgan azob-uqubatlardan mustasno. Zero, aql-huşi joyida bölganlargina mukallaf hisoblanadilar. Afsuski, hali jamiyatimizda ayollar, yoşlar içida arzimagan sabablar bilan öz joniga qasd qiliş holatlari uçrab turibdi. Asosiy muammolarimizdan biri ruhiy tuşkunlikka berilayotgan insonlarga yaqinlari öz vaqtida e'tibor bermasligi, beparvolik, uni qiynayotgan, javobini topa olmayotgan masala yeçimini hal qilinmasligidir. Şuning uçun, barçamiz bir-birimizga nisbatan mas'ul ekanimizni unutmaylik. Özaro e'tiborli, mehr-oqibatli bölaylik. Xususan, ruhiy tuşkunlikka tuşgan, ruhiy xastalikka duçor bölganlarni heç qaçon yolğiz qoldirmaslikka harakat qilişimiz kerak. Aks holda, vaqtdan unumli foydalanişga harakat qiladigan şayton öz maqsadiga erişadi, Alloh saqlasin.
Özbekiston Musulmonlari idorasi
Masjidlar bölimi xodimi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi