Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ayol ikki o‘g‘li va o‘zini ko‘p qavatli uydan tashlab yubordi
Ayol shifoxonada vafot etgan. 1 va 3 yoshli bolalarning hayoti esa saqlab qolingan. Bosh prokuraturaga ko‘ra, voqeaga er-xotin o‘rtasidagi rashk tufayli kelib chiqqan kelishmovchilik sabab bo‘lgan.
Foto: Videodan kadr
Toshkent shahrining Olmazor tumanida 24 yoshli ayol ikki o‘g‘li va o‘zini ko‘p qavatli uydan pastga tashladi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Kun.uzʼga ma’lum qildi.
Holat 17 sentabr kuni soat 14:18 atrofida sodir bo‘lgan. 2001 yilda tug‘ilgan ayol turmush o‘rtog‘i bilan rashk tufayli kelib chiqqan kelishmovchilik oqibatida jahl qilib, 1 va 3 yoshli o‘g‘illarini o‘zlari yashab turgan uyning 4-qavati yo‘lak derazasidan pastga tashlab yuborgan. So‘ngra 8-qavat yo‘lak derazasidan o‘zini ham pastga tashlagan.
Hodisa oqibatida ayol shifoxonada vafot etgan, ikki nafar voyaga yetmagan bolaning hayoti saqlab qolingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:39 / 03.12.2025
Olmazorda Hongqi va BYD to‘qnashdi
20:18 / 08.11.2025
Surxondaryoda ishdan olingan maktab direktori o‘zini yoqmoqchi bo‘ldi
09:24 / 31.10.2025
Olmazorda YPX talabiga bo‘ysunmagan Leapmotor to‘xtatildi: mashina qidiruvda ekani aniqlandi
12:07 / 21.10.2025