Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
171 yil. Belgiyada telegraf o‘z ishini to‘xtatmoqda

Foto: BBC
Belgiyada 29 dekabr kuni telegraf o‘z ishini to‘xtatadi. Ilk bor uning yordamida 171 yil muqaddam xabar yozilgandi – Bryusseldan Antverpenga.
Belgiya telegrafidan so‘nggi vaqtlarda faqat 10 ta kompaniya va bir necha jismoniy shaxslar foydalanib kelayotgandi. Telegrammalarni asosan sud nozirlari yuborishgan - ularga shunday tizim kerak ediki, unda xabarlarni yuborish va olish fakti yuridik jihatdan qayd etilishi lozim bo‘lgan.
Bi-bi-si xabariga ko‘ra, telegrafdan voz kechishning asosiy sabablaridan biri – xabarlarni jo‘natish qiymati. Odatiy telegramma narxi 20 ta so‘z uchun 23 yevrodan ko‘proqni tashkil etadi. Bryussel va uning atrofiga yetkazib berish qariyb 90 sentga tushgan. Telegrammani yuborish uchun operatorga qo‘ng‘iroq qilish hamda o‘z xabarini aytib turish lozim edi, keyin esa u pochta orqali yuborilgan.
2006 yilda bu tizimdan AQSh, 2013 yilda esa – Hindiston voz kechdi.
Mavzuga oid

12:06 / 22.07.2025
Belgiyada isroillik askarlar G‘azodagi jinoyatlari uchun hibsga olindi

21:13 / 24.03.2025
Belgiya davlat idoralari saytlari hakerlar hujumiga uchradi

22:42 / 13.01.2025
Bryusselda pensiya islohotiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi

08:45 / 22.02.2023