Jahon | 16:55 / 18.12.2017
24114
2 daqiqa o‘qiladi

«Yo‘q!». Pentagon al-Bag‘dodiy haqidagi xabarni rad etdi

Foto: AP

IShID bilan kurash bo‘yicha AQSh rahbarligidagi xalqaro koalitsiya terrorchilik tashkiloti rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy qo‘lga olingani haqidagi ma'lumotni rad etdi, deb xabar bermoqda RT.

«Bu xabarlar, afsuski, yolg‘on. Koalitsiya Abu Bakr al-Bag‘dodiy nomi bilan tanilgan terrorchi hozir aniq qayerda ekaniga oid ma'lumotga ega emas. Shunga ishonishingiz mumkinki, agarda u qayerda ekani ma'lum bo‘lganida, o‘ldirilgan yoki qamoqqa olingan bo‘lardi, hozircha unga harbiy jinoyatlarda ayblovlar qo‘yilmagan. Nima bo‘lgan taqdirda ham koalitsiya bu xabarni keng ommaga taqdim etgan bo‘lardi», - deya xabar berishdi «Mustahkam qat'iylik» amaliyoti qo‘mondonligidan.

Avvalroq Yeni Şafak turk nashri AQSh harbiylari IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyni qo‘lga olib, uni AQShning Suriyadagi harbiy bazalaridan biriga yetkazishgani haqida xabar tarqatdi. Nashrning Suriyadagi manbasining iddao etishicha, al-Bag‘dodiy Iroqda qo‘lga olinib, so‘ngra Ras-al-Ayndagi, u yerdan esa Xasaka-Rumaylandagi harbiy bazaga yetkazilgan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid