Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mobil telefon va Wi-Fi'dan foydalanish homilaning nobud bo‘lish xavfini oshiradi
Amerikalik tadqiqotchilar Wi-Fi va mobil telefonlardan foydalanish farzand kutayotgan ayollarda homilaning nobud bo‘lish xavfini taxminan 50 foizga oshiradi degan xulosaga kelishdi. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, qurilmalarning homilador ayollar organizmiga salbiy ta'siri sababi magnit maydonining nurlanishidadir. "Ortodoks" tibbiy portali shu haqida xabar berdi.
AQSh hududida o‘tkazilgan tadqiqot davomida homilasini yo‘qotgan ayollarning taxminan yarmi doimiy ravishda smartfondan foydalangani aniqlandi. Telefon tarmoqni izlash davomida tegishli jihozlar tomonidan qayd etilmaydigan past kuchlanishli radiatsion maydonni hosil qiladi. U butun organizm faoliyatiga ta'sir ko‘rsatadi.
"Homila tushishi AQShdagi homiladorlik holatlarining 15-20 foizida kuzatiladi. Bu jahon miqyosidagi muammo hisoblanadi, zero bunday ko‘rsatkichlar butun sayyorada qayd etilmoqda. Bo‘lg‘usi onani homilaning nobud bo‘lishi va boshqa tahdidlardan xavfsizlantirish uchun nafaqat u smartfon va boshqa portativ gadjyetlardan foydalanishdan voz kechishi, balki yaqin atrofidagi kishilardan ham shuni so‘rashi kerak", - deyishmoqda tadqiqotchilar. Olimlarning fikricha, bunday ta'sirdan boshqa yo‘llar bilan qutulishning iloji yo‘q.
Mavzuga oid
17:09 / 02.07.2026
Gadjetlar tanangizni siz sezmagan usullarda o‘zgartirmoqda. Buning oldini olish mumkin
22:51 / 21.06.2026
Fransiyada jazirama issiq tufayli qizil darajadagi xavf e’lon qilindi
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
12:54 / 14.05.2026