20:20 / 18.12.2017
12874

Ravon mashinalari Sankt-Peterburgda ishlab chiqarilishi mumkin

“GM-Uzbekistan” AJ vakillari General Motors’ning Sankt-Peterburgdagi konservatsiya qilib qo‘yilgan sexlarida Ravon brendi ostidagi mashinalarni ishlab chiqarish bo‘yicha AQSh kompaniyasi bilan muzokaralar olib bormoqda.

Ushbu ishlab chiqarish maydonlari ancha katta salohiyatga ega. Korxona yiliga 100 mingta mashina ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. 

Avval ma'lum qilingandek, Rossiyada joriy yilning 11 oyida Ravon brendidagi mashinalardan 12 978 ta sotilgan. Kompaniya rejasida bu ko‘rsatkichni yil oxirigacha 15 mingtaga yetkazish bor.

Rossiya bozorida brendning quyidagi modellari taklif qilinadi: Gentra, Nexia, R4 va R2.

Mavzuga oid
Top