Jahon | 22:15 / 18.12.2017
11093
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyada urush tugagani haqida gapirishga hozircha erta – Asad

Foto: RIA Novosti / Mixail Klimentev

Suriya Prezidenti Bashar Asad ayni vaqtda Suriyada urush tugaganligi haqida gapirishni  “noreal” deb aytdi. 

“Urush tugagani haqida gapirish, haqiqat emas. Biz hanuzgacha urush sharoitida turibmiz. Biz IShIDni to‘liq bo‘lmasada-da, yo‘q qilib, bu urushning juda muhim bosqichidan o‘tdik. Bu muhim bosqich va katta g‘alabadir”, deb aytgan Asad.     

Asadning aytishicha, terrorchilik IShID bilangina cheklanmaydi.

“Suriyadagi urush oxirgi terrorchi yo‘q qilingandagina tugaydi. Ana o‘shanda g‘alaba haqida aytish mumkin bo‘ladi”, deb qo‘shimcha qilgan Asad.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid