Jyeff Bezos turmush o‘rtog‘iga yangi kompaniya haqidagi g‘oyalari haqida aytganida ayol erini so‘zsiz qo‘llab-quvvatladi. Makkenzi eri bilan birga Sietlga ko‘chib o‘tdi va yangi tashkil etilgan Amazon'da hisobchi bo‘lib ishlay boshladi.

Yozuvchi bo‘lishni rejalashtirgan Prinston bitiruvchisi uchun bu boshqa bir tomonga chekinish edi - biroq u erini qo‘llab-quvvatlashni juda istagandi. CBS'ga bergan intervyusida Makkenzi shunday dedi: "Men uchun turmush o‘rtog‘imga, sevgan insonimga qarash — eng yaxshi va qiziq sarguzasht". Ayol Amazon tashkil etilgandan keyin ham yozishdan to‘xtamagan va ikki romanini taqdim etgan: 2005 yilda "Lyuter Olbrayt tekshiruvi" va 2013 yilda "Qopqon". BusinessInsider taniqli yozuvchi Makkenzi Bezosning hayot va ijod yo‘liga doir ma'lumotlari bilan bo‘lishdi.

Foto: Bruce Guenter/Flickr

Makkenzi San-Frantsiskoda ulg‘aygan. U Vogue'ga bergan intervyusida uyatchan qiz bo‘lgani va ko‘p vaqtini xonada "murakkab hikoyalar" tuzib o‘tkazgani haqida so‘zlab bergan.

Foto: Julie Jordan Scott/Flickr

U o‘zining ilk asarini olti yoshida yozgan. Ayolning Amazon'ga joylangan yozuvchilik tarjimai holida berilgan ma'lumotlarga ishonadigan bo‘lsak, bu asar suv toshqini vaqtida yo‘qotilgan.