Amazon kompaniyasi asosçisi Jyeff Bezos AQŞ prezidenti Donald Trampning ğazabini qözğamaslik uçun iqlim özgarişi bilan şuğullanuvçi SBTi taşkilotini moliyalaştirişni töxtatdi, deb xabar beradi Financial Times.
Naşr ma’lumotlariga köra, Bezosning kompaniyalar uçun atmosferaga zararli gazlar çiqarilişini nolga tuşiriş maqsadlarini belgilaydigan 10 milliard dollarlik aktivlarga ega jamğarmasi Science Based Targets taşkilotini qöllab-quvvatlaşdan boş tortmoqda.
«SBTi’ni moliyalaştirişni töxtatiş töğrisidagi qaror qisman Bezos avvalroq iqlim özgarişini yolğon deya ta’riflagan Trampning ğazabini qözğaşni istamayotgani bilan boğliq», — deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, Bezos Meta rahbari Mark Tsukerberg bilan birgalikda antimonopoliya xizmatlari bosimlaridan qutuliş va sun’iy intellektni nazorat qiliş masalalarida iştirok etiş uçun Tramp ma’muriyati bilan munosabatlarini yaxşilaşga urinmoqda.
Bundan oldin Donald Tramp ma’muriyati iqlim özgarişi muammolari ustida işlaydigan Atrof-muhit muhofazasi agentligining 1,1 mingdna ortiq xodimini istalgan vaqtda işdan böşatilişlari mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.
Tramp lavozimga kirişganining ilk kunidanoq iqlim özgarişlariga qarşi kuraşiş maqsadida tuzilgan, global isişni çeklovçi Parij iqlim kelişuvidan çiqiş jarayonini boşlagan va Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Iqlim özgarişi böyiça doiraviy konvensiyasi doirasida AQŞning barça moliyaviy majburiyatlarini tugatiş töğrisidagi buyruqni imzolagan edi. Uşbu kelişuv iştirokçilarni örtaça global haroratning sanoatgaça bölgan darajaga nisbatan Tselsiy böyiça 1,5 darajadan oşişiga yöl qöymaslikka undaydi. Tramp 2017 yilda ham AQŞni uşbu kelişuvdan olib çiqişga farmon bergandi.








