Nyu-Jyersida yaşovçi 81 yoşli Meri Kuper bobosi 1926 yilda kutubxonadan olib kelgan kitobni topib oldi. Ayol kitobni muassasaga qaytardi, deb xabar bermoqda CNN.

Kitob yoğoç, metall va maişiy buyumlardan bolalar öyinçoqlarini yasaş haqida bölib, u 1911 yilda çop etilgan. Kuperning bobosi uni vafotidan bir yil oldin kutubxonadan olgan. Ayolning taxminiça, bobosi kitob yordamida qizi, ya’ni Merining onasi uçun biror narsa yasamoqçi bölgan.

Meri Kuper kitobni kutubxonaga qaytarişga qaror qilgan. Şu bilan birga u kitob keçiktirilgani uçun jarima tölaşi mumkinligidan xavotirlangan. Muassasa tölov talab qilsa, jarima miqdori 18 ming dollargaça yetişi mumkin edi.

Kitobni köriş uçun kutubxonaning 10 nafar xodimi jamlandi va uning qaytarilganidan nihoyatda mamnunligini bildirişdi. Kitob Toms-Riverdagi esdalik buyumlar körgazmasining bir bölagiga aylandi, uni barça taşrif buyuruvçilar tomoşa qilişi mumkin.

Avvalroq Yekaterinburg kutubxonasidan 106 yil avval olingan kitob qaytarilgan edi. Mahalliy aholi vakili uni oilaviy buyumlar orasidan topib olgan.