Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bashar Asadning ayol qarindoshiga Germaniyada qochqin maqomi berildi
Suriya prezidenti Bashar Asad amakivachchasining bevasi 5 dekabrda Germaniyada qochqin maqomini oldi. Bu haqda Myunster shahri ma'muriy sudi ma'lum qildi.
Sud tomonlarni bu qarori haqida 19 dekabrda xabardor qildi.
Boshpana so‘ragan ayol Suriya va Livan fuqaroliklariga ega bo‘lib, 1993 yildan Asadning amakivachchasi rafiqasi bo‘lgan. Ayolning turmush o‘rtog‘i armiyada yuqori lavozimni egallagan, biroq 2014 yilda sirli tarzda vafot etgan. Juftlikning o‘g‘il farzandi bo‘lib, u Suriya harbiy-havo kuchlari polkovnigini janjal vaqtida otib qo‘ygani uchun 2016 yilda 20 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
2015 yil sentabrda ayolga hujum qilingan, shundan keyin u oktabrda Livanga ko‘chib ketgan. Ayol 2016 yilda u yerdan Germaniyaga jo‘nab, qochqin maqomi berilishini so‘rab ariza topshirgan. 2017 yil yanvarda mutasaddi tashkilot uning iltimosini rad etgan.
Ayol Asadning qarindoshi ekanligi sababli unga Suriya va Livanda xavf mavjudligi vaji bilan sudga shikoyat arizasi topshirgan. Ayol ham muxolif guruhlar, ham amaldagi hukumat tomondan ta'qib qilinishi mumkinligidan xavotir bildirgan. Sud ayolning bu vajlarini unga Germaniyada boshpana berish uchun yetarli deb topgan. Ayol ayni vaqtda Shimoliy Reyn-Vestfaliya yerida yashamoqda.
Mavzuga oid
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
11:20 / 08.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarini Germaniya mehnat bozoriga jalb etish kengaytiriladi
08:40 / 06.06.2026