Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Damashqda yangi aeroport quriladi
Suriya hukumati Damashqda yangi aeroport qurishni rejalashtirmoqda, u qariyb 50 yil muqaddam qurilgan eskisining o‘rnida barpo etiladi, deya ma'lum qildi mamlakat transport vaziri Ali Xammud RIA Novosti’ga bergan intervyusida.
"Damashqda yangi aeroport quriladi. Hozirgi aeroport 1970 yilda qurilgan, unda o‘tkazuvchanlik quvvati past. Shu sababdan biz Damashqqa mos bo‘ladigan yangi aeroport loyihasini tayyorlashni mo‘ljallamoqdamiz", - deya ma'lum qildi vazir.
Xammud yangi aerovokzal majmuasi aniq qaysi muddatda qurilishiga oydinlik kiritmagan.
Suriyadagi urush boshlanishidan avval Damashq aeroporti nafaqat mamlakatdagi, balki mintaqadagi eng yirigi ham bo‘lgan. Hozirda 12 ta samolyotdan faqatgina beshtasi soz holatda, qolganlari jangovar harakatlar vaqtida ziyon ko‘rdi. Ayni kunda Damashqdan xalqaro reyslar faqat Eron, Livan, Armaniston va Rossiyaga amalga oshiriladi.
Aeroport direktori Bashar G‘afra iyul oyida havo qo‘nalg‘asi urushga qadar taxminan to‘rt million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgani, hozirda esa bu raqam yarim millionga ham chiqmasligini xabar bergandi.