Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Siyosiy muxoliflaridan biri uning buyrug‘i bilan o‘ldirilgan». Qodirovga qarshi sanksiyaga izoh berildi
AQSh moliya vazirligi Checheniston Respublikasi rahbari Ramzon Qodirovga nisbatan sanksiyalar joriy etish to‘g‘risidagi qarorga tushuntirish berdi, deb yozadi Russia Today.
Qayd etilishicha, Checheniston rahbariga nisbatan sanksiyalar respublikada inson huquqlarining buzilayotgani sababli joriy etilgan.
«Xorijiy aktivlar ustidan nazorat ofisi tomonidan Ramzon Qodirov vijdon erkinligi, fikr va yig‘inlar erkinligi, Rossiyada adolatli sud va demokratik saylovlarga bo‘lgan huquq kabi jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan inson huquqlarining qo‘pol ravishda buzilishi uchun mas'ul deb topildi», — deyiladi idoraning rasmiy saytida.
AQSh Moliya vazirligidagilarning ta'kidlashicha, Qodirov «sudsiz jazolash, qiynoqlar va inson huquqlarining poymol etilishi»ga daxldor. «Qodirovning siyosiy raqiblaridan biri uning buyrug‘iga ko‘ra o‘ldirilgan», — deyishgan idoradagilar va ehtimol, bu bilan Boris Nemtsovni nazarda tutishgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun Ramzon Qodirov doxil Rossiyaning besh fuqarosi AQSh moliya vazirligining «Magnitskiy ro‘yxati» deb ataluvchi sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shildi.
Mavzuga oid
08:22 / 19.06.2026
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ilk bor bir yilga uzaytirdi
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
09:20 / 17.06.2026
G7 sammiti: Rossiya nefti va gaziga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlanmoqda
08:33 / 05.06.2026