18:00 / 21.12.2017
8220
Reklama

Xitoyda “Rossiya, Xitoy, “Bir makon–bir yo‘l” va BRIKS davlatlari transport universitetlari rektorlarining IV forumi” o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli qarorida xorijiy yetakchi ixtisoslashgan ilmiy-ta'lim muassasalari bilan yaqin aloqalarni o‘rnatish vazifasi alohida o‘rin tutadi. Ushbu qarorning ijrosini ta'minlash maqsadida Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti (TAYLQEI)da amaliy harakatlar dasturi ishlab chiqilgan.

2017 yil 14-16 dekabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasi (XXR)ning Chan'an universiteti (Chang’an University)da “Rossiya, Xitoy, “Bir makon –bir yo‘l” va BRIKS davlatlari transport universitetlari rektorlarining IV forumi” o‘tkazildi. Anjumanda Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti rektori A. Riskulov, xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i U. Nadirxanovlar ishtirok etdilar.

Forumda Xitoy Xalq Respublikasidan 73 ta universitet, davlat korxonalaridan 200 ga yaqin kompaniyalar, dunyoning boshqa davlatlaridagi 40 ga yaqin universitetlardan 65 ta, shu jumladan, Rossiya Federatsiyasidan institut hamkori – Moskva davlat avtomobil yo‘llari texnika universiteti (MADI), Sankt-Peterburgning Imperator Aleksandr I nomidagi davlat transport universiteti va transport oliy ta'lim muassasalari rektorlari qatnashdilar.

Forumning asosiy maqsadi – transport sohasida faoliyat olib borayotgan universitetlar orasida ta'lim va fan sohasida hamkorlikni o‘rnatish va rivojlantirish, transport universitetlarining milliy iqtisodiyotdagi o‘rni va mavqeini oshirish hisoblanadi.

Forumning tashkilotchisi Chan'an universiteti prezidenti Chen Fen bilan universitet va institutga mos “Avtomobil yo‘llarini loyihalash”, “Avtomobil yo‘llarini qurish va ekspluatatsiya qilish”, Ko‘priklar, transport tonnellariva yo‘lo‘tkazichlar”, “Transport logistikasi” yo‘nalishlari bo‘yicha XXRning “Buyuk ipak yo‘li”, “Bir makon – bir yo‘l” davlat grantlari asosida mutaxassislar tayyorlash, magistratura va doktoranturaga iqtidorli yoshlarni yuborish, yosh professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi hamda hamkorlik yo‘llari va usullari muhokama qilindi, shuningdek, hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Reklama huquqi asosida

Top