Jahon | 08:30 / 21.12.2017
9753
2 daqiqa o‘qiladi

Kanada bosh vaziri odob-ahloq qoidalarini buzganlikda ayblandi

Foto: RIA Novosti / Aleks Pantsikov

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo ismoiliy musulmonlar yetakchisi, shahzoda Og‘a Xonning Baham orollaridagi dam olish maskanida mehnat ta'tilini o‘tkazgani bilan odob-ahloq qoidalarini buzgan. Bu haqda Kanada manfaatlar va etika ziddiyatlari masalalari bo‘yicha komissari Meri Douson bayonot berdi.

"Janob Tryuda bosh vazir o‘laroq 2016 yilning mart va dekabr oylarida Og‘a Xonning mehmondo‘stligidan foydalanib, uning shaxsiy orolidan foydalangan. Og‘a Xon bilan rasmiy munosabatlarga ega bo‘lgan, shahzodaning jamg‘armasi esa, Tryudo manfaatlarini ilgari surib kelgan. Shu bilan Tryudo va uning oilasi tomonidan mehnat ta'tilini o‘tkazish bo‘yicha taklifni qabul qilishi qonuniy jihatdan Tryudoga ta'sir o‘tkazish vositasi sifatida qaralishi mumkin", — deyiladi komissar xabarida. 

Bosh vazir 20 dekabrdagi matbuot anjumanida mehnat ta'tili bilan bog‘liq jarayonga mas'uliyat bilan yondashayotganini aytar ekan, bu kabi safarlardan avval ma'muriyat bilan maslahatlashib olishini bildirdi. 

Og‘a Xon 1936 yil 13 dekabrda Shveytsariyaning Jyeneva shahrida tug‘ilgan bo‘lib, ismoiliy-nizariylarning yetakchisi hisoblanadi. 1957 yili otasi Ali Sulaymonxon – Og‘a Xon III vafotidan so‘ng Og‘a Xon IV deb atala boshlandi. Multimillioner, dunyoga mashhur Porto-Chervo kurorti asoschisi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid