Sport | 09:30 / 21.12.2017
13005
4 daqiqa o‘qiladi

Quyi divizion jamoasi «MYu»ni kubokdan chiqarib yubordi. Yarim finalning barcha ishtirokchilari ma'lum

«Bristol Siti» Angliya ligasi kubogining chorak finalida «Manchester Yunayted»ni mag‘lub etdi. Bristol Sitidagi «Eshton Geyt» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

Ikkinchi bo‘lim boshida Jo Brayan to‘pni darvoza sohasi tomon yo‘lladi, ammo to‘p hech kimga tegmasdan darvoza to‘sini orqali to‘rga tushdi. 58-daqiqada Zlatan Ibrahimovich hisobni tenglashtirdi — 1:1. 93-daqiqada Kori Smit to‘pni Serxio Romeroning oyoqlari orasidan o‘tkazib, jamoasiga g‘alaba keltiruvchi golni urdi.

«Bristol Siti» Angliya ligasi kubogi yarim finaliga chiqdi, «Manchester Yunayted»turnirdagi ishtirokini yakunladi.

«Chelsi» Angliya ligasi kubogi chorak finali doirasida «Bornmut»ga qarshi o‘ynadi. Londondagi «Stemford Bridj» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning 13-daqiqasida Robert Kenedi Sesk Fabregas bilan kombinatsiya uyushtirdi, to‘p yolg‘iz qoldirilgan Villianga yetkazilgach, hisob ochildi. 90-daqiqada Jordon Ayb Den Goslingni golli pas bilan ta'minladi - 1:1. Bir daqiqa o‘tib esa Eden Azar raqib jarima maydoniga yorib kirdi va to‘pni Alvaro Morataga uzatdi, ispaniyalik hujumchi osonlik bilan darvozabonni dog‘da qoldirdi 2:1.

Bu gol evaziga «Chelsi» Angliya ligasi kubogining chorak finaliga chiqib bo‘lgan «Arsenal», «Manchester Siti» va «Bristol Siti» klublari qatoriga qo‘shildi, «Bornmut» turnirni tark etdi.

Angliya ligasi kubogi
5-bosqich

Bristol Siti – Manchester Yunayted 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 51 Brayyen, 1:1 – 58 Ibragimovich, 2:1 – 90 Smit.
Bristol Siti – Stil, Rayt, Beyker, Magnusson (Teylor, 69), Brayyen, Smit, Braunxill (Eliasson, 74), Rid, Pek, Peterson, Flint.
Manchester Yunayted – Romero, Darmian (Smolling, 90), Lindelef, Roxo, Shou, Pogba, Maktomini, Blind (Lukaku, 61), Ibragimovich (Mxitaryan, 69), Reshford, Marsyal.
Ogohlantirishlar: Peterson (47), Reshford (74), Teylor (89), Pogba (89).

Chelsi – Bornmut 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 13 Villian, 1:1 – 90 Gosling, 2:1 – 90 Morata.
Chelsi – Kabalero, Dzappakosta, Keyxill, Ryudiger, Kenedi, Fabregas, Ampadu, Pedro (Bakayoko, 61), Drinkuoter, Villian (Azar, 61), Batshuayi (Morata, 73).
Bornmut – Boruts, Kuk, Simpson, Frensis, Smit, Arter (Kuk, 74), Gosling, Freyzer, Serman, Defo (Ayb, 17), Musse (Uilson, 71).
Ogohlantirishlar: Ampadu (2), Fabregas (39), Dzappakosta (62), Simpson (72), Frensis (76), Smit (82), Gosling (90), Morata (90).

Yarim finalning barcha ishtirokchilari nomlari ma'lum bo‘lgach, qur'a tashlash marosimi o‘tkazildi.

Qur'aga ko‘ra, «Chelsi» – «Arsenal» va «Manchester Siti» – «Bristol Siti» juftliklari hosil bo‘ldi.

Yarim final uchrashuvlari 8 va 22 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi. Juftlikda nomi birinchi ko‘rsatilgan jamoalar birinchi uchrashuvni o‘z maydonida o‘tkazadi.

Mavzuga oid