Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatining 7 tumanida yer ajratish vaqtincha taqiqlandi
Foto: KUN.UZ
Vazirlar Mahkamasining 12.12.2017 yildagi 981-son «Toshkent viloyatining ayrim aholi punktlarida shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishni tartibga solishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Norma.uz’ning yozishicha, hujjatda aholi punktlari ishlab chiqilayotgan bosh reja loyihasiga kiritilgan Toshkent viloyatining tumanlari ro‘yxati taqdim etilgan:
• Zangiota – qishloq fuqarolar yig‘inlaridagi (QFY) 18 ta aholi punkti: O‘zgarish, Xonobod va Zangiota;
• Qibray – 27 (QFY: O‘nqo‘rg‘on, Salar, Tuzel, Yangiobod);
• Toshkent – 6 (QFY: Choshtepa, Hasanboy, Yunusobod);
• Quyichirchiq – 1 (Toshloq QFY);
• O‘rtachirchiq – 8 (Qumovul QFY);
• Yuqorichirchiq – 26 (QFY: Arganchi, Istiqlol, Surankent, Tinchlik, Bordonko‘l);
• Yangiyo‘l – 1 (A.Ortiqov QFY).
Shu munosabat bilan mazkur aholi punktlari hududida vaqtinchalik (bosh reja tasdiqlangunga qadar) quyidagilar taqiqlanadi:
• jismoniy va yuridik shaxslarga qurilish uchun yer ajratish;
• binolar, inshootlar va boshqa obektlar, shu jumladan muhandislik-kommunikatsiya obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va qayta ixtisoslashtirish (shuningdek, ularga ruxsatnomalar berish);
• o‘zboshimchalik bilan qurilgan binolar, inshootlar va boshqa obektlarga nisbatan egalik huquqini belgilash. Bu sud qarori asosida hamda 2016-2017 yillar davrida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obektlarini yalpi xatlovdan o‘tkazish natijalariga ko‘ra mulk huquqi berilishi hollariga daxl qilmaydi.
Taqiqlar prezidentning va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari asosida qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joylar qurish bilan bog‘liq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Aholi punktlarida joylashgan ko‘chmas mulk obektlariga bo‘lgan mulk huquqini boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq bitimlarni notarial tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda taraflar joriy etilgan taqiqlar haqida yozma ravishda ogohlantiriladi.
Hujjat 15.12.2017 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
07:34 / 05.05.2026
Ugom daryosi davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb e’lon qilindi
10:57 / 27.04.2026
Angrenga kirishda yuk mashinasi 4 ta yengil mashinani urib ketdi, qurbonlar va yaradorlar bor
13:45 / 26.04.2026
Toshkent viloyatida tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVB boshlig‘i ushlandi
13:51 / 24.04.2026