Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
23 dekabr kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma'lumoti
Foto: KUN.UZ
Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 23 dekabr kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 2-4, kunduzi 12-14 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi). Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq, Qoraqalpog‘istonda 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 2-7, kunduzi 10-15 daraja iliq, cho‘l hududida kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha, Bekobod tumanida sekundiga 22-25 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Samarqand va Jizzax viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 2-7, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lishi (yomg‘ir, qor yog‘ishi) mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Mavzuga oid
14:30 / 20.04.2026
Turkmanistondan kirib keladigan siklon sel va toshqinlarni olib keladi
08:25 / 21.03.2026
O‘zbekistonda havo harorati 28 darajagacha ko‘tarilishi mumkin
14:24 / 16.03.2026
Navro‘zoldi ob-havo prognozi
01:56 / 16.03.2026