Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikaning eng keksa insoni 122 yoshida hayotdan ko‘z yumdi
Foto: Foto: Twitter / INAPAM
Meksikaning eng keksa insoni Xesus Kastilo Ranxel 122 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Meksika ijtimoiy rivojlanish vazirligiga iqtibos keltirgan holda Televisa telekanali xabar bermoqda.
Ranxel Chetumal shahridagi shifoxonalardan birida vafot etgan. Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, qariyaning o‘limiga nafas olishdagi muammo sabab bo‘lgan.
Xesus Kastilo Ranxel 1896 yilda dunyoga kelgan. U 1910-1917 yillardagi Meksika inqilobi ishtirokchisi bo‘lgan. Ranxelning aytishicha, u Porfirio Dias tuzumi bilan kurashgan Venustiano Karransa va Emiliano Sapata armiyalari safida janglarda ishtirok etgan. Dias 1877-1880 va 1884-1911 yillarda Meksika prezidenti bo‘lgan.
Ranxel umrining oxirgi 27 yilini Nikolas-Bravo shahrida yashagan. U bu shaharga zavjasi vafotidan keyin ko‘chib o‘tgan.
Mavzuga oid
09:58 / 28.01.2026
Meksika chegarasida to‘qnashuv: odam kontrabandasida gumonlanuvchi yaralandi
23:09 / 23.01.2026
AQSh eng yirik giyohvandlik imperiyalaridan birini yaratgan sobiq sportchini qo‘lga oldi
23:36 / 22.01.2026
Tramp Grenlandiyani sotib olmoqchi – AQSh tarixda ko‘plab hududlarni sotib olgan
22:40 / 15.01.2026