O‘zbekiston | 10:00 / 22.12.2017
26546
1 daqiqa o‘qiladi

Prezidentning parlamentga murojaati jonli efirda namoyish etiladi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasi e'lon qilinadi.

Simpoziumlar saroyida o‘tkaziladigan yig‘ilishda parlament rahbariyati va a'zolari, O‘zbekiston hukumati, viloyatlar hokimlari, akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpuslar va jamoatchilik vakillari ishtirok etadi.

Soat 10:20da boshlanadigan ushbu yig‘ilish «O‘zbekiston 24» telekanalida jonli ravishda efirga uzatiladi.

Bundan avvalgi xabarlarda joriy yil yakunlari va yangi yilga nom berish to‘g‘risida prezidentning Oliy Majlis palatalariga taqdim etiladigan Murojaatnomasida atroflicha fikr yuritilishi haqida aytilgandi. 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid