Jahon | 10:05 / 22.12.2017
10902
2 daqiqa o‘qiladi

«To‘xtatiladi». Avstraliya Mudofaa vazirligi Iroq va Suriya bo‘yicha bayonot berdi

Foto: News.com.au

Avstraliya mudofaa vaziri Maris Peynning xabar berishicha, yanvar oyida mamlakatga F/A-18F Super Hornet qiruvchisi Iroq va Suriyadagi amaliyotlar muvaffaqiyatli yakunlanganidan so‘ng qaytib keladi. Tegishli bayonot mamlakat mudofaa mahkamasi saytida juma kuni e'lon qilindi.

"Avstraliyaning oltita F/A-18F Super Hornet qiruvchisi uyga yanvar oyida qaytadi, shu tariqa Avstraliyaning Iroq hamda Suriyadagi havodan zarbalar berish bo‘yicha muvaffaqiyatli amaliyotlariga yakun yasaladi", - deyiladi bayonotda.

"2014 yilning oktabridan beri bizning uchuvchilar va boshqa xodimlar Iroq xavfsizlik kuchlarini qo‘llab-quvvatlashga katta hissa qo‘shdi", - deya ta'kidlab o‘tdi vazir. Mudofaa vazirligi matbuot reliziga ko‘ra, Avstraliya harbiy-havo kuchlari Iroq va Suriyaning sharqiy mintaqalarida IShID terrorchilik guruhiga qarshi 2 ming 700 dan ko‘proq jangovar parvozni amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, 9 dekabr kuni Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy mamlakatda IShIDga qarshi urush yakunlangani haqida ma'lum qildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid