Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikaliklar SpaceX raketasini NUJ deb o‘ylashdi
Kaliforniya shtati qutqaruv xizmati SpaceX’ning Falcon 9 raketasi fazoga uchirilgandan keyin “o‘zga sayyoraliklar” haqida bir nechta qo‘ng‘iroq olgan. Bu haqda The Daily Mail xabar bermoqda.
Shunga o‘xshash qo‘ng‘iroqlar mahalliy huquq-tartibot idoralari va telekanallarga kelib tushgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar osmondan nima uchib o‘tgani yuzasidan turli taxminlar bildirishgan. Ulardan ko‘pchiligi hazil qilib, bu o‘zga sayyoraliklar yoki Santa-Klaus ekanini aytishgan.
Osmondagi bu obekt Falcon 9 raketasi ekani ma'lum bo‘lgandan keyin Ilon Mask o‘zga sayyoraliklar haqidagi taxminlarga “qo‘shilgan”. “Shimoliy koreyalik o‘zga sayyoraliklarning atom noma'lum uchar jismi”, deb yozgan Mask tvitterda raketa uchirilishi videosiga izohda.
Falcon 9 raketiasi 10 ta sun'iy yo‘ldosh bilan birga 23 dekabrda Vandenberg kosmodromidan fazoga uchirildi.
Mavzuga oid
06:40 / 15.06.2026
Pentagon NUJlar haqidagi 72 ta yangi hujjatni e’lon qildi
11:58 / 25.05.2026
Pentagon NUJlarga oid hujjatlarning navbatdagi qismini e’lon qildi
21:36 / 08.05.2026
Pentagon NUJ haqidagi hujjatlarning birinchi qismini e’lon qildi
08:33 / 07.05.2026