Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Devor oshib o‘g‘irlikka tushgan va 8 mln so‘mni o‘margan shaxs ushlandi
Yangiyo‘l tuman IIBga uy bekasi, 1976 yilda tug‘ilgan Jamila Shodiyeva (keltirilgan ism-familiyalar o‘zgartirilgan) ariza bilan murojaat qilib, noma'lum shaxs, devordan oshib tushish yo‘li bilan kirib, uyidagi sumkasidan sakkiz million so‘m pulini va HUAWEI Y3 rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘irlaganligini ma'lum qilgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni 1992 yilda tug‘ilgan G‘ulom Valiyev sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.
Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormoqda.
Mavzuga oid
22:36 / 08.01.2026
Yangiyo‘lda go‘shti uchun itini o‘ldirgan fuqaro ushlandi
12:05 / 07.01.2026
Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq shaxsning pullari o‘g‘irlangan – manba
14:39 / 06.01.2026
Germaniya tarixidagi eng yirik bank o‘g‘riligi: birinchi muhim dalil topildi
11:55 / 03.01.2026