Texnologiya | 11:47 / 23.12.2017
15974
1 daqiqa o‘qiladi

Ilon Mask Marsga jo‘natiladigan avtomobilni ko‘rsatdi

SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask instagramdagi sahifasida Marsga jo‘natilishi lozim bo‘lgan avtomobil suratini e'lon qildi.

Fotosuratda tasvirlangan qizil Tesla Roadster yanvar oyida uchirilishi rejalashtirilayotgan Falcon Heavy raketasidagi «foydali yukka» aylanadi.

Shu bilan birga, Maskning so‘zlariga qaraganda, raketa Devid Bouining «Space Oddity» qo‘shig‘i sadolari ostida uchiriladi.

 

A post shared by Elon Musk (@elonmusk) on

Eslatib o‘tamiz, avvalroq SpaceX asoschisi Ilon Mask o‘z kompaniyasi raketasini hazil aralash «Shimoliy Koreyadan yadroviy NUJ» deb atagani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid