Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Shimoliy Koreyadan yadroviy NUJ» - Mask SpaceX raketasiga ta'rif berdi
SpaceX asoschisi Ilon Mask o‘z kompaniyasi raketasini hazil aralash «Shimoliy Koreyadan yadroviy NUJ» deb atadi. Bu haqda u tvitterda yozgan.
Mask tvitterdagi yozuviga SpaceX raketasining uchirilishi tasvirlangan videoyozuvni ham qo‘shib qo‘ydi.
«Shimoliy Koreyadan yadroviy o‘zga sayyoralik NUJ», - deya yozgan Mask videorolik izohida.
Bundan avval foydalanuvchilardan biri Maskka osmondagi yorqin raketa o‘zga sayyoraliklar haqida yana o‘ylashga chorlagani uchun minnatdorchilik bildirgandi. SpaceX asoschisi esa foydalanuvchiga «bu aniq o‘zga sayyoraliklar bo‘lgani» bilan javob qaytardi.
Avvalroq Kaliforniyada Falcon 9 raketa-tashuvchisi bortida 10 ta Iridium aloqa yo‘ldoshi bilan birga koinotga uchirilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
21:42 / 12.06.2026
Ilon Mask - insoniyat tarixidagi birinchi trillioner
16:26 / 12.06.2026
Ilon Mask dunyodagi ilk trillionerga aylanish arafasida: SpaceX aksiyalari sotuvga chiqyapti
10:03 / 12.06.2026
Ilon Mask 55 milliard dollarlik Terafab loyihasini ilgari surmoqda
08:50 / 12.06.2026