21:23 / 23.12.2017
12637

Zidan: «Bu mag‘lubiyat bizni aqldan ozdirmaydi»

Foto: Twitter/ @realmadrid

«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan, La Liga 17-turidan o‘rin olgan  «Barselona»ga (0:3) qarshi o‘yindan so‘ng, o‘z fikrlarini aytdi.

«Biz o‘yinni yaxshi boshladik, birinchi bo‘limda kurash teng bo‘ldi. Mag‘lubiyat biz uchun alamlidir. Bu biz uchun og‘ir, ammo futbolda shunaqasi uchrab turadi.

Tarkibni tanlash bo‘yicha qarorni o‘zim qabul qildim, Kovachich Messini to‘xtatish uchun maydonga tushdi va u buni epladi.

Chetlatishlar futboldagi bor narsa. Qizil karta va «Barselona» tarkibidagi o‘zgarishlarini hisobga olsak, bizga juda og‘ir bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limda xato qilib, gol o‘tkazib yubordik. Bunday o‘yinlarda hamma narsani oddiy vaziyat hal qilishi mumkin.

Mag‘lubiyat tufayli, aqldan ozmoqchi emasmiz. Juda og‘ir natija bo‘ldi, ammo endi nimanidir o‘zgartiramiz. Biz hech qachon taslim bo‘lmaymiz.

Endi chempionatda tanaffus bo‘ladi. Vaziyatni o‘rganamiz, xatolarni tahlil qilamiz. Keyin oilamiz davrasida dam olamiz. Keyin ishga qaytamiz. Hali hech narsa hal bo‘lmadi.

Transferlar haqida gapirib o‘tirmayman», – dedi Zidan.

Mavzuga oid
Top