Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Keyn Shirerning rekordini takrorladi va jamoasiga yirik g‘alaba keltirdi
Angliya Premer-ligasining 19-turida «Tottenhem Hotspur» «Byornli» maydoniga safar qilib, yirik hisobda g‘alabaga erishdi — 3:0.
«Shporlar» 7-daqiqada hisobni ochishdi, Harri Keyn penaltini aniq amalga oshirdi. Mezbonlar darvozasiga ikkinchi gol 69-daqiqada urildi — Keyn dublni rasmiylashtirdi. 10 daqiqa o‘tib esa Keyn het-trik qayd etib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Bu gollar ushbu yosh hujumchiga Alan Shirerning rekordini takrorlash imkonini berdi.
24 yoshli forvard uchun o‘yindagi uchinchi gol 2017 yilda Angliya chempionati o‘yinlarida urilgan 36-gol bo‘ldi. Keyn bu orqali angliyalik sobiq hujumchi Alan Shirer tomonidan o‘rnatilgan rekordni takrorladi.
Shirer 1995 yil davomida «Blekbern Rovers»ning Angliya chempionatidagi o‘yinlarida 36 gol urgandi. Keynda bu natijani yangilash imkoniyati mavjud, 2017 yil oxirigacha «Tottenhem» yana bir uchrashuv o‘tkazadi (26 dekabr kuni «Sauthempton»ga qarshi).
Endilikda Keyn hisobida 2017 yili barcha turnirlar doirasida (terma jamoa ham) urilgan 53 gol mavjud. Undan ko‘proq golni faqat «Barselona» hujumchisi Lionel Messi urgan — 54.
Ushbu g‘alabadan keyin turnir jadvalida «Tottenhem» 34 ochko bilan beshinchi o‘rinda, yettinchi o‘rindagi «Byornli» hisobida esa 32 ochko mavjud.
Angliya chempionati
19-tur
Byornli – Tottenhem 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 7, penalti Keyn, 0:2 – 69 Keyn, 0:3 – 79 Keyn.
Byornli – Poup, Bardsli, Long, Mi, Teylor, Gudmundsson, Defur, Kork, Arfild (Uells, 86), Xendrik (Vouks, 71), Vud (Barns, 35).
Tottenhem – Loris, Ore, Sanches, Vertongen, Devis, Sissoko, Dayyer (Lamela, 83), Eriksen, Alli (Lorente, 87), Son Xin Min (Dembele, 78), Keyn.
Ogohlantirishlar: Alli (4), Sissoko (57), Defur (88).
Mavzuga oid
14:50 / 11.07.2026
JCh anonsi. Holand Keynga qarshi, Argentinada ilk jiddiy raqib
09:46 / 24.06.2026
JChda 13-kun. Ronalduda rekord, Husanovning ko‘z yoshi va «jodulangan» Keyn
12:00 / 11.03.2026
«Atletiko» 5 ta, «Bavariya» 6 ta gol urdi. YeChLda kun o‘yinlari
15:54 / 08.11.2025