Bugun tunda jahon çempionatida çorakfinal bosqiçi yakunlanadi. Dastlab Harri Keyn boşçiligidagi Angliya va turnir kaşfiyotiga aylangan Norvegiyaga qarşi bahs olib boradi, tunda amaldagi çempion Argentina Şveytsariyaga qarşi öynaydi. Uşbu juftlik ğoliblari yarimfinalda özaro raqib böladi.

Norvegiya – Angliya
12 iyul, 02:00. Hard Rock Stadium (Mayami)

Turnir startida köpçilik Norvegiyani bir futbolçiga tayanib qolgan jamoa sifatida körayotgandi. Ammo guruh bosqiçi va pley-offdagi dastlabki öyinlar Stole Solbakken yaxşi jamoa şakllantirganini körsatdi. Turnir davomida norveglarga munosabat özgarib bordi. Braziliya ustidan qozonilgan ğalabadan keyin esa şu qadar işonçli çiqdiki, Erling Holand ikki gol urgan bölsa-da, bu ğalaba birgina uning dahosi mahsuli emasdi. Bu öyinda jamoa tarkibidagi barça futbolçilar yaxşi taassurot qoldirişdi. Skandinavlar öşanda öyin borasida ham ustunlik qildi va nomdor raqibni faqat qarşi hujumlarga tayanişga majbur qildi, öz imkoniyatlaridan esa sovuqqonlik bilan foydalandi, bunga parallel ravişda brazillarning asosiy futbolçisi Vinisius töliq zararsizlantirildi.

Stole Solbakken öyin yakunlanganidan keyingi intervyusida Norvegiya avvalboşdan töpga egalik qiliş va öyinni nazorat qiliş uçun maydonga tuşganini aytib ötdi. Amalda ham jamoa markaziy himoyaçilar orqali hujum boşladi va uzoq vaqt bosim ostida töpga egalik qilişdan çöçimadi. Şuning uçun navbatdagi öyinda kim birinçi raqam ostida öynaşini oldindan aytib bölmaydi. Qoğozda Angliya favorit, ammo Norvegiya amalda buni yöqqa çiqara oliş salohiyatiga ega.

Öyinga köpçilik Holand va Keyn dueli prizmasi orqali ham qaramoqda. Ikki forvard ham turnirni yuqori darajada ötkazmoqda: Erling tört öyinda 7 gol urib taşladi, Harrining hisobida 6 ta gol bor. Sayyoraning ayni vaqtdagi eng kuçli hujumçilarining töqnaşuvini kuzatiş qiziq, ammo öyin faqat ularning qarama-qarşiligidan iborat emas.

Angliyaning hozirgi avlodi sönggi ikki Yevropa çempionatida finalga çiqqan, 4 yil oldingi jahon çempionatida bölajak finalçilar Fransiyaga yutqazib, turnirni tark etgandi. Bu safar Tomas Tuxel jamoasi öz oldiga mundialda yuqori natijalarga erişişni közlagan va çorakfinalda töxtamoqçi emas. Inglizlar deyarli har bir öyinda matonat körsatişiga töğri kelmoqda (guruhda Xorvatiya, pley-offda Kongo DR va Meksika bilan öyinlar juda qiyin keçdi). Bu öyinlarda himoya çiziğiga savollar tuğilgan bölsa-da, jamoa tonusni saqlab qolmoqda.

Norvegiyaga qarşi öyin oldidan esa öng qanot himoyasida muammolar yuzaga kelgan: bu qanot uçun asosiy nomzod hisoblangan Jyeyms jarohatlandi, uning örnini egallagan Spensda ham muammo paydo böldi, uçinçi nomzod hisoblangan Kuansa esa Meksika bilan öyinda qizil kartoçka olib, ikki öyinga diskvalifikatsiya qilindi. Tomas Tuhel endi bu pozitsiyani tayanç yarimhimoyaçilaridan biri bilan yopişgaça bölgan radikal çoralarga qöl urişga majbur bölişi mumkin.