Sport | 09:20 / 24.12.2017
12932
1 daqiqa o‘qiladi

«Manchester Siti» birinchi davrani katta farq bilan yakunladi (tur o‘yinlari va turnir jadvali)

Foto: Angliya premer-ligasi

«Manchester Siti» Angliya premer-ligasida birinchi davrani yakka peshqadam sifatida yakunladi.

Xosep Gvardiola shogirdlari 19 turdan keyin 55 ochko to‘plagan va eng yaqin ta'qibchisi«Manchester Yunayted»ni 13 ochkoga ortda qoldirib ketgan.

Uchinchi o‘rindagi «Chelsi» bilan oradagi farq 16 ochko, to‘rtinchi o‘rindagi «Liverpul» bilan farq esa – 20 ochkoni tashkil etmoqda.

«Shaharliklar» birinchi davrada 18 g‘alaba va 1 durang qayd etishdi, shundan qatorasiga 17 uchrashuvda g‘alaba.

«Siti» bitta ham o‘yinda mag‘lubiyatga uchramagan, bu borada keyingi natija «Liverpul»niki - 2 mag‘lubiyat.

Birinchi mavsumning oxirgi turi o‘yinlari

Birinchi davra to‘purarlari

19 turdan keyin turnir jadvalidagi holat

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid