Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Merkel va Makron rossiyalik kuzatuvchilarni Donbassga qaytarishni talab qilishdi
Foto: Reuters
Germaniya kansleri Angela Merkel va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron rossiyalik askarlarning Donbassdagi o‘q uzishni to‘xtatish rejimini Nazorat qilish va muvofiqlashtirish qo‘shma markazi (NMQM) tarkibiga qaytarishni talab qilishdi. Germaniya hukumati saytida taqdim etilgan bayonotda shu haqida xabar berildi.
Hujjatda aytilishicha, Nazorat qilish va muvofiqlashtirish qo‘shma markazi YeXHT kuzatuvchilarini qo‘llab-quvvatlashda va o‘q uzishni to‘xtatishga doir kelishuvni nazorat qilishda muhim rol o‘ynaydi. "Ular (Merkel va Makron) rossiyalik askarlarni NMQMga qaytarishni talab qilishmoqda", - deyiladi bayonotda.
"Germaniya kansleri Merkel va Fransiya prezidenti Makron aholini iztiroblardan xalos etish uchun ziddiyatning ikki tomonini ham o‘z majburiyatlarini bajarishga va imkon qadar tezroq kelishuvlarni bajarishga chaqirmoqda", - deyishdi ikki mamlakat yetakchilari.
Ular shuningdek asirlar almashinuvi va og‘ir qurollarni tutashuv chiziqlaridan chiqarish to‘g‘risidagi kelishuvlarni ham bajarishga chaqirishdi.
Mavzuga oid
09:50 / 10.01.2026
Kiyev Donbassda erkin iqtisodiy zona tashkil etish taklifini o‘rganmoqda
16:09 / 31.12.2025
Zelenskiy: Donbass bo‘yicha murosa - hududga alohida maqom
08:29 / 29.12.2025
Donbass masalasi hal bo‘lmadi: Tramp va Zelenskiy uchrashuvi natijalari
20:13 / 22.12.2025