Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik ayolga elektr energiyasi uchun 284 mlrd dollar qarzdorlik qog‘ozi keldi
AQShning Pensilvaniya shtatida istiqomat qiluvchi Mariya Horomanski elektr energiyasidan foydalanganlik uchun 284 milliard dollar qarz ekaniga doir xabarnoma oldi, deb yozmoqda Business Insider.
58 yoshli ayolning qayd etishicha, u hisob varag‘ini olgach, shokka tushgan. Horomanskining Facebook ijtimoiy tarmog‘ida e'lon qilgan suratda ta'kidlanishicha, u bu qarzdorlikni 2018 yil noyabrigacha to‘lashi lozimligi qayd etilgan. "Agar biz hamma narsamizni sotsak ham, bizga bu qarzdorlikni to‘lash uchun yana 100 yillar kerak bo‘ladi", — deb yozgan ayol.
Nashrning yozishicha, keyinroq Horomanski oilasi elektr energiyasini yetkazib beruvchi bilan bog‘langan va kompaniya xato qilganini aniqlagan. Aslida ayol qarzdorligi 284,46 dollar bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:22
Tramp ma’muriyati: Minnesotadagi reydlar yakunlandi
23:24 / 12.02.2026
Rossiya Trampning tahdidlariga qaramay, Kubaga neft yetkazib berishga qaror qildi
22:21 / 12.02.2026
AQSh Venesuelaning «neft karantini» tugaganini e’lon qildi
17:59 / 12.02.2026