23:20 / 25.12.2017
36368

Xalq ta'limi vazirining yosh o‘rinbosari o‘tgan bir kunidan mutlaqo qoniqmaganini bayon qildi

Foto: Xalqaro Press-klub

Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari Alisher Sa'dullayev Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z sahifasida #Bugungi_Kunimdan_Umuman_Qoniqmadim heshtegi ostida bir kuni qanday o‘tganini bayon etdi.

«Kecha, soat 18:00. Prokuraturadan qo‘ng‘iroq qilishdi va bu safargi chiqishning nechog‘lik muhim ekanligini ta'kidlashdi. Dushanba kuni soat 9:30 dan kechikmay Xalqaro press-klubga kelishimni tayinlashdi. Xo‘p. Erta tongdan kunimni «rejalashtirdim» o‘zimcha. Rosa tayinlangan Xalqaro press-klub roppa-rosa ikki-yarim soat (!) kech boshlandi.

Xalqaro press-klubda endigina ishga tushirilgan zalga taklif etishgan ekan, shu sababli ba'zi bir to‘xtalishlar bo‘lishi tabiiy. Soat 12:00. Kunning yarmi o‘tib bo‘ldi. Endi press-klubni yakunlash uchun zalda o‘tirishim kerakligini so‘rashdi. Soat 16:20 gacha press-klubda lom-mim demay o‘tirdim. Sherzod aka bor kuchlari bilan harakat qilganlari aniq, ammo...

Aytgancha, bugun orziqib kutilgan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi mukofoti bilan taqdirlash kuni edi va u 16:00 boshlanishi kerak edi. Kechikib bo‘lsa-da keldim. Soat 19:00. Haligacha shu yerdaman...

Eng qizig‘i, Prezidentimiz «Bugun nima qildim va xalqim uchun nima naf keltirdim degan savolni har kuni o‘zingga ber», deganlarini barchamiz bilamiz va eshitganmiz. Xo‘sh? Nima qildim? Bir necha kun oldin 4 soat tik turib nimalar degan edilaru, men nima qilayapman?

Shunaqa gaplar, azizlar! Bugungi kundan qoniqish — 0%» deb yozgan o‘z postida vazir o‘rinbosari va:

#Men_Ishlashim_Kerak_Natija_Kerak

#Xalq_Rozi_Bo‘lmaydi_Yoshlar_Rozi_Bo‘lmaydi

heshteglari bilan uni yakunlagan.

Mavzuga oid
Top