Jahon | 12:32 / 25.12.2017
32825
2 daqiqa o‘qiladi

«Moskva xavotirda». Lavrov KXDR bo‘yicha bayonot berdi

Foto: KCNA

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning ma'lum qilishicha, Moskva KXDR yadroviy maqomga ega bo‘lmoqchi ekanidan jiddiy xavotirda. Bu haqda u RIA Novosti’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«Albatta, biz KXDRning yadroviy maqomga ega bo‘lish borasidagi harakatlaridan jiddiy tashvishdamiz. Buni hech qachon qabul qilmaymiz va ma'qullamaymiz. Pxenyan tomonidan ushbu yo‘nalishda ko‘rilayotgan qadamlar tarqatmaslik bo‘yicha global rejimni yo‘q bo‘lib ketishiga olib kelishi mumkin. Koreya yarim orolidagi hozirgi keskin vaziyatda esa – juda xavfli», - deya ma'lum qildi Lavrov.

Shu bilan birga vazirning ta'kidlashicha, Rossiya KXDR kesib o‘tadigan bo‘lsa, jazolanishi kerak bo‘ladigan «qizil chiziqlar» mantig‘i» bilan ish ko‘rmaydi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya Pxenyan bilan Koreya yarim orolini yadro qurolidan xoli hududga aylantirish va yadrosiz maqomni mustahkamlab qo‘yish uchun bosqichma-bosqich hamda katta ish olib borilishidan manfaatdor.

«Shuning uchun ba'zi davlatlarning KXDRga «maksimal bosim» o‘tkazish bo‘yicha sa'y-harakatlarini ma'qullamaymiz, ular ushbu davlatning istalgan usullar bilan iqtisodiy va siyosiy blokadasini o‘rnatishni nazarda tutadi. Shu bilan birga, bunday rejaning amalga oshirilishi gumanitar falokatga olib kelishi e'tiborga olinayotgani yo‘q», - deya aytib o‘tdi Lavrov.

Mavzuga oid