Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda ichki ishlar bo‘limlariga Prezident sovg‘asi - «Damas» avtomobillari topshirildi
Yurtimizning qay bir go‘shasida bo‘lmaylik, hukm surayotgan tinchlik, osoyishtalikni mastahkamlash, millatlararo totuvlikni asrash, jinoyatchilik va turli huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitning barqarorligini ta'minlashda ichki ishlar organlarining xizmat faoliyatini yaxshilash uchun ko‘rsatilayotgan e'tibor, yaratib berilayotgan sharoitlar ularning mashaqqatli, ammo sharafli xizmatida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Davlatimiz rahbari tomonidan berilayotgan ana shunday e'tiborning mahsuli o‘laroq Samarqand viloyat ichki ishlar organlari moddiy-texnika bazasini yaxshilash uchun shahar va tuman ichki ishlar bo‘limlariga «Prezident sovg‘asi» — 10 ta «Damas» avtomobillarini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-mayor Po‘lat Bobojonov tomonidan tantanali ravishda shaxsan topshirildi. Bu haqda KUN.UZ’ga viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot va axborot xizmati ma'lum qildi.

Hozirda jinoyatchilikning oldini olish, aholining tinch va osuda hayotini ta'minlashdek zalvorli vazifani sidqidildan bajarish, joylarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada mustahkamlashga munosib hissa qo‘shib kelayotgan shahar va tuman ichki ishlar bo‘limlari navbatchilik qismlari faoliyatini yanada yaxshilash, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar zamiridagi bosh masala — fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishda o‘z samarasini berishi shubhasiz.
Shunday ekan, fuqarolarimizda qonunga hurmat, har qanday ko‘rinishda qonunbuzilish holatlariga murosasizlik hissini kuchaytirishda barchamiz birdek faol bo‘lishimiz talab etiladi.
Mavzuga oid
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026