Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy 3 ta sun'iy yo‘ldoshga ega raketani muvaffaqiyatli uchirdi
Foto: Calt.com
Xitoy 26 dekabrda 3 ta sun'iy yo‘ldoshga ega “Chanchjen-2” raketasini muvaffaqiyatli uchirdi va shu parvoz bilan 2017 yilga mo‘ljallangan koinot dasturini yakunladi. Bu haqda Xitoy aerokoinot fani va texnikasi korporatsiyasining (CASC) WeChat ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy akkauntida ma'lum qilindi.
“CASC” 2017 yildagi oxirgi koinot missiyasini muvaffaqiyatli yakunladi”, deb aytilgan xabarda.
Raketa 26 dekabrda mahalliy vaqt bilan soat 3.44da Sichan kosmodromidan Yerni masofadan zondlovchi uchta sun'iy yo‘ldosh bilan start olgan. Ularning barchasi belgilangan orbitaga kirgan.
Bu parvoz “Chanchjen” oilasiga mansub raketa-tashuvchilar uchun 260-sonli missiya bo‘ldi. 2018 yilga rejalar hozircha ma'lum qilinmagan.
Joriy yil CASC Xitoyning 2017-2045 yillarga mo‘ljallangan koinot transporti tizimini rivojlantirish “yo‘l xaritasini” taqdim etgandi. Unga ko‘ra, 2020 yilga qadar “Chanchjen” oilasiga kiruvchi raketa-tashuvchilar yuqori darajaga erishib, yangi raketa-tashuvchi “Chjanchjen-8” bilan to‘ldirilishi mumkin. Uning ilk parvozi 2019 yilda amalga oshirilishi mumkin.
Mavzuga oid
07:17 / 19.02.2026
Yashirinishga joy yo‘q: harbiylarga real vaqtda ma’lumot beradigan qudratli sun’iy yo‘ldoshlar
18:25 / 16.02.2026
«Mirzo Ulug‘bek» ilmiy sun’iy yo‘ldoshi 2028 yilda uchirilishi mumkin
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026