Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya O‘zbekistonga mikrobiologik laboratoriya berdi
Rossiyaning “Rospotrebnadzor” tashkiloti O‘zbekistonga avtoshassi negizidagi ekspress-diagnostika mikrobiologik laboratoriyasini berdi.
Laboratoriya Rossiya hukumati ko‘magida amalga oshirilayotgan, yuqumli kasalliklarning oldini olish va ularga javob berish bo‘yicha salohiyatni mustahkamlashda Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlariga texnik va tashkiliy-metodik dastur doirasida topshirilgan.
Laboratoriya qurilmalari, zarur materiallar va diagnostik vositalar bilan birga O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika karantin va o‘ta xavfli infeksiyalar profilaktikasi markaziga berildi.
Laboratoriya topshirilishi doirasida o‘zbekistonlik mutaxassislar va haydovchilar mobil laboratoriya tizimi va qurilmalaridan foydalanish qoidalariga o‘qitildilar.
Mavzuga oid
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
11:50 / 10.07.2026