Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonga temir yo‘l va mashinada borish imkoniyati kengayadi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi «Do‘stlik» chegara o‘tish punktining ochilishi bilan bir kunda chegaradan o‘tgan qardosh xalqlarning soni 5 mingdan ortdi. Bu haqda Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Doniyor Siddiqov ma'lumot berdi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, hukumatlararo hamkorlik yangi davrda eng yaxshi natijalarga erishmoqda. Mamlakatlarning chegaradosh viloyatlari o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy aloqalarni yanada yuksaltirish maqsadida 2018 yilda Andijon-Jalolobod yo‘nalishidagi yo‘lovchilar qatnovi qayta joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston-Qirg‘iziston o‘rtasida temir yo‘l orqali yo‘lovchi qatnovi ham qayta tiklanishi ma'lum qilindi.

«O‘tgan yili Samarqand shahrida ikki davlat rahbarlari uchrashgandi. Ana shunda munosabatlarning jo‘shqinligi, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan muzokaralar barcha diplomatlar uchun bir yo‘nalishni belgilab berdi. Ayni paytgacha, kelishuvlar chog‘i shu ibora takrorlanadi. «Samarqand ruhida» davom etaylik!», deydi elchi.
Ma'lumot uchun, Toshkent-Andijon-O‘sh-Irkeshtom-Qashg‘ar yo‘nalishidagi katta magistral yo‘l loyihasi muvaffaqiyatli ishga tushirildi. Bundan tashqari, Qirg‘izistondan elektr energiyasini import qilish maqsadida 37 million AQSh dollari qiymatidagi shartnoma imzolangan.
Mavzuga oid
22:03 / 16.07.2026
Jazirama sabab poyezdlar tezligiga cheklov qo‘yiladi
20:07 / 16.07.2026
Qamchibek Tashiyev 2027 yilgi prezidentlik saylovida ishtirok etishdan voz kechdi
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
21:06 / 07.07.2026