Jahon | 10:15 / 27.12.2017
4632
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikada 3 oy ichida deyarli 13 mingta zilzila yuz berdi

Foto: RIA Novosti / Dmitriy Znamenskiy

Meksikada joriy yilning sentabr-noyabr oylari davomida magnitudasi 1,2 balldan 8,2 ballgacha bo‘lgan 12,7 mingtadan ko‘proq zilzila yuz berdi. Bu haqda Meksika milliy seysmologik xizmati ma'lum qildi. 

Xizmat ma'lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p zilzila sentabrda qayd qilingan – 5,7 mingta. Jumladan, aynan sentabrning 7- va 19-sanalarida yuzlab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan ikkita kuchli zilzila yuz bergan. Meksika prezidenti Enrike Penya Neto bu zilzilalardan ko‘rilgan talofatlarni bartaraf etish uchun 2,5 mlrd dollardan ko‘proq pul zarurligini aytgan.

Oktyabrda mamlakatda deyarli 3,8 mingta, noyabrda esa 3,2 mingtadan ko‘proq zilzila yuz bergan. Meksikada zilzilalar ko‘proq Oaxaka, Chyapas, Gerrero, Michoakan Kolima va Xalisko shtatlarida qayd qilinadi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid