Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada chaqalog‘ini sotishga uringan o‘zbekistonlik juftlik 3 yilga qamaldi
Rossiyaning Voronej shahrida O‘zbekistonning 39 va 30 yoshli fuqarosi 3 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Ular o‘zlarining endigina tug‘ilgan qiz farzandini sotib yuborishga urinishgan, deb xabar bermoqda Rossiya Tergov qo‘mitasi matbuot xizmati.
Tergovga ko‘ra, 2017 yilning sentabrida o‘zbekistonlik ayol Voronejda qiz farzandni dunyoga keltiradi, biroq FHDYo organlarida bolani dunyoga keltirish holatini qonunda ko‘rsatilgan tartibda qayd ettirmagan. Shundan so‘ng bu ikki shaxs jinoiy til biriktirgan hamda chaqaloqni sotib olish istagida bo‘lganlarni qidirib topish, uni sotishdan olingan mablag‘larni esa o‘z ehtiyojlari uchun sarflash niyatida bo‘lganlar.
10 oktabr kuni ota-ona qizchani tezkor amaliyot ishtirokchilariga 30 ming rublga sotishgan, keyinchalik ular politsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Mavzuga oid
08:50 / 07.07.2026
59 mamlakatda odam savdosi tarmoqlariga zarba berildi
20:56 / 06.07.2026
O‘zbekistonda uyushgan jinoyatchilik darajasi past, ammo muammolar saqlanib qolmoqda - tadqiqot
21:16 / 24.06.2026
Rossiya propagandasi Voronejga zarbani e’tiborsiz qoldirdi
16:13 / 22.06.2026