Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Voronejda chaqalog‘ini sotishga uringan o‘zbekistonlik juftlik 10 yilga qamalishi mumkin
Foto: iStock
Voronej shahrida O‘zbekistonning ikki fuqarosi – 39 yoshli Mahliyoxon Mo‘minova va 29 yoshli Saidullo Mirabdullayevga qarshi qo‘zg‘atilgan jinoiy ish jamoatchilik orasida katta shov-shuvni keltirib chiqardi. O‘zbekiston fuqarolari Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 271.1-moddasi 2-qismi, 30-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan (ayblanuvchiga moddiy yoki boshqa jihatdan qaram bo‘lgan, o‘zini eplay olmaydigan, voyaga yetmagan shaxsga nisbatan odam savdosi jinoyatini sodir etishga suiqasd qilish) jinoyatlarni sodir etishda ayblanmoqda. 2017 yilning sentabrida, Mirabdullayev bilan birga yashagan Mo‘minova Voronejda qiz farzandni dunyoga keltiradi, biroq FHDYo organlarida bolani dunyoga keltirish holatini qonunda ko‘rsatilgan tartibda qayd ettirmagan.
Shundan so‘ng Mo‘minova va Mirabdullayev jinoiy til biriktirgan hamda chaqaloqni sotib olish istagida bo‘lgan shaxslarni qidirib topish, uni sotishdan olingan mablag‘larni esa o‘z ehtiyojlari uchun sarflash niyatida bo‘lganlar.
10 oktabr kuni ota-ona qizchani tezkor amaliyot ishtirokchilariga 30 ming rublga sotishdi, keyinchalik ular politsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Ayni damda ushbu jinoiy ish Voronej tuman sudiga yuborildi. O‘zbekiston fuqarolari 10 yilgacha bo‘lgan muddatga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Mavzuga oid
10:21 / 19.12.2025
Toshkent aeroportida odam savdosiga aloqador gumonlanuvchi ushlandi
17:21 / 13.12.2025
Myanmada odam savdosi qurboniga aylangan O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston fuqarolari o‘z vataniga qaytarildi
21:18 / 04.11.2025
Dubay amirining qarindoshi 50 mln yevro evaziga tutqunlikdan ozod qilindi
08:56 / 30.10.2025