«Tozalash» davom etdi. Moliya vazirligi tizimida ishdan bo‘shatilgan xodimlar soni 500 nafardan ortiq

Foto: Mapio.net
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 22 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasidagi tanqiddan keyin Moliya vazirligi tizimida katta o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.
O‘zA xabariga ko‘ra, sobiq Moliya vaziri (Rustam Azimov - tahr.) va Xodimlar boshqarmasining sobiq boshlig‘i panohida bo‘lgan va hanuzgacha tizimda ishlab kelayotgan, moliya tizimining nomiga dog‘ tushirayotgan xodimlarni haydash yuzasidan hududiy rahbarlarga qat'iy topshiriqlar berilgan.
23 dekabr kuni Toshkent shahar davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi boshlig‘i hamda uning 3 nafar o‘rinbosari egallab turgan lavozimidan chetlashtirilgandi.
Shundan so‘ng, Moliya vazirligining hududiy boshqarma boshliqlari tomonidan joylardagi moliya idoralaridan 273 nafar (23 nafari rahbar xodim):
G‘aznachilik idoralaridan 65 nafar (12 nafari rahbar xodim):
Pensiya jamg‘armasidan 100 nafar (1 nafari rahbar xodim):
Davlat moliyaviy nazorati boshqarmalari xodimlaridan 100 nafari (4 nafari rahbar xodim) jami moliya tizimi bo‘yicha 562 nafar davlat idorasi nomiga dog‘ tushirgan xodimlar o‘z lavozimidan ozod etildi.
Moliya vazirligi tizimidagi vakant ish o‘rinlarini innovatsion g‘oya va fikrga ega, zamonaviy texnologiyalarni yaxshi o‘zlashtirgan, iqtidorli yoshlar bilan to‘ldirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi hamda iqtisodiy yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlariga murojaatlar yuborildi.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Titanik» yo‘lovchisi yozgan maktub 300 ming funtga sotildi
Jahon | 16:07
-
Namanganda hojatxonaga tushib ketgan 3 yoshli bola qutqarildi
Jamiyat | 15:49
-
AQSh ichki xavfsizlik vazirining sumkasini o‘g‘irlashga aloqador shaxs hibsga olindi
Jahon | 15:46
-
Erondagi portda dahshatli portlash ro‘y berdi
Jahon | 15:24
Mavzuga oid

16:43 / 21.02.2023
O‘zbekistonda xodimlarning 28 foizi 1 mln so‘mgacha maosh oladi

20:14 / 22.11.2022
O‘zbekistonning davlat qarzi 26 mlrd dollar atrofida saqlanib qoldi

11:51 / 22.11.2022
“Bitta vazirlik hamma vazirlik ustidan qo‘riqchi bo‘lib turgani bilan ish bitmaydi” - Timur Ishmetov vazirliklar budjet mablag‘larini maqsadsiz sarflashi haqida

15:14 / 21.11.2022